So’nggi yangiliklar

12:32Тео Эрнандеснинг “Ал Ҳилол“да қанча маош олиши маълум 0 12:11Муроджон Аҳмадалиев илк бизнесини йўлга қўйди (ВИДЕО) 0 11:50UzChess Cup. Бугун ғалвир сувдан кўтарилади, уччала гуруҳда ҳам чемпион бўлишимиз мумкин 0 11:29Шоҳасан яна ўйиндан чиқди. Octagon 75 марказий жангида Азамат Нуфтиллаевни кўрамиз + ПОСТЕР 0 11:08Элдор Шомуродов келажаги борасида бир қарорга келди 0 10:47Исроил Мадримов фарзандли бўлди (ФОТО) 0 10:26UzChess Cup. Абдусатторов жаҳон чемпиони билан ўйнади, ўзбек дербисида муроса, 8-турнинг барча натижалари битта хабарда 0 10:05Анкалаев Перейра билан реванш қачон ўтказилишига ишора берди 0 09:44Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади 0 09:23PFL World Tournament 7 иштирокчилари тарозига чиқишди, иккита жанг бекор қилинди 0 09:02Қайсери турниридаги теннисчиларимиз рақибларига йўлни курашсиз бўшатиб беришди 0 08:41Топурия ва Оливейранинг илк face to face маросими дўстона руҳда ўтди + ФОТО 0 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди 0 07:59Гэтжи барибир камар учун жанг олишини кутмоқда 0 07:38Бокс афсоналаридан бири Шоҳжаҳон Эргашевнинг жангига келади (ФОТО) 0

07 fev 20:21
Yangiliklar

Kurash

O'zDJSTUda belbog'li kurash federaciyasining hisobot yig'ilishi va taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

Teglar :  Belbog'li kurash
Ortda qolgan 2020 yilda sportning belbog'li kurash turiga oshno bo'lgan sportchilar va ularning murabbiylari, mutaxassislari uchun muvaffaqiyatli yil bo'ldi deyish mumkin.

Boisi, o'tgan yili pandemiya bo'lishiga qaramasdan mashg'ulotlar onlayn bo'lsada davom ettirildi. Joriy etilgan karantin qoidalari yumshatilgach esa mamlakat chempionatlari  start oldi. Hatto, Rossiyaning Qozon shahri mezbonlik qilgan kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida polvonlarimiz 3 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo'lga kiritib, etirofga sazovor bo'lishdi. 

Kecha, 6 fevral kuni ushbu munosabat bilan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi tomonidan yil yakunlari bo'yicha sarhisob  va joriy yil uchun istiqboldagi rejalar bo'yicha hisobot yig'ilish bo'lib o'tdi. SHuningdek, belbog'li kurash bo'yicha mutaxassislarni hakamlik sertifekatlariga ega bo'lishi uchun o'quv-seminar ham tashkil etildi. Mazkur yig'ilish va o'quv – seminarda belbog'li kurash federaciyasi kengashi azolari, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardagi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Dastlab, kunning birinchi yarmida federaciya kengashi azolari, O'zDJTSUning yakkakurash sport turlari fakulteti dekani, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, docent Zohidjon Ortiqov, milliy kurash turlari, o'yinlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri, docent SHavkat Mirzaqulovlar  tomonidan yig'ilish ishtirokchilariga yil yakunlari bo'yicha amalga oshirilgan ishlar  sarhisobi, yutuq va kamchilar, belbog'li kurashning o'tmish tarixi, ilmiy izlanishlar  xususida atroflicha axborot berildi. SHundan so'ng belbog'li kurash federaciyasi tomonidan nominaciyalar bo'yicha taqdirlash marosimi tashkil etildi. Taqdirlash marosimida ishtirok etgan O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi, xalqaro belbog'li kurash federaciyasi (IBWA) vice – prezidenti, xalqaro toifadagi hakam, “Jismoniy tarbiya va sport alochisi” ko'krak nishoni sohibi Ravshan Dastirov, O'zDJTSU rektori,  iqtisod fanlari doktori, professor Mahmudjon Boltabaev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi faxriy raisi Qodir Jo'raev, O'zDJTSUning yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektori SHerzod Mirzanov,  O'zbekiston “Adolat” SDPning Toshkent viloyati kengashi raisi Bobur Mamirovlar marosim ishtirokchilarini qutlar ekan, bugun mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga, xususan, milliy sport turlarimizga qaratilayotgan yuksak etibor va kelajak istiqbollari haqida alohida  to'xtalib o'tishdi. Taqdirlash marosimi doirasida  2020 yilning eng yaxshi sportchilari, murabbiy va hakamlari, eng faol viloyat bo'limlari  federaciya tomonidan dimlom va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. SHuningdek, belbog'li kurash federaciyasi bilan memorandum imzolagan va yaqin hamkorlik qilib kelayotgan O'zbekiston “Adolat” social – demokratik partiyasi va uning Toshkent viloyati kengashi hamda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rahbariyati tomonidan ham “O'zbekistonda xizmat ko'rsatagan murabbiy”,   docent, uch karra jahon chempioni, besh karra Osiyo chempioni,   belbog'li kurash va kurash bo'yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, belbog'li kurash bo'yicha milliy terma jamoa bosh murabbiyi,   Azamjon SHokirjonov, “O'zbekistonda xizmat ko'rsatagan sport ustozi”, “El –yurt hurmati ” ordeni sohibi, belbog'li kurash bo'yicha xalqaro toifadagi hakam, Namangan viloyati belbog'li kurash bo'yicha bosh murabbiyi Nematjon To'ychiev kabi faxriylar      tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.  

Kunning ikkinchi yarmida rejaga muvofiq, O'zDJTSUning yangidan barpo etilgan, kurash turlariga ixtisoslashgan sport zalida belbog'li kurash bo'yicha hakamlar hayati raisi Toshkentboy Yaxshiboev boshchiligidagi   xalqaro toifadagi hakamlar Mironshoh Ro'ziev, Nematjon To'ychiev, Sergey Txak, Bekbergan Boltaevlar tomonidan 45 nafar belbog'li kurash mutaxassislariga uchun o'quv- amaliy seminar o'tkazildi. Seminar yakunida ishtirokchilarga hakamlik sertifekatlari topshirildi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing