So’nggi yangiliklar

22:27Волейболчиларимизнинг ЖЧ 1/8 финалидаги рақиблари аниқ бўлди 0 19:45Халқаро Турон федерацияси АҚШда расман рўйхатдан ўтди 0 19:20Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда 0 18:59Жон Жонс Емельяненко билан "Қизил майдон"да жанг қилиш ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:38Кайо Борральо дю Плесси - Чимаев тўқнашуви учун захира жангчиси бўлади 0 18:16Анкалаев – Перейра жанги учун захира варианти маълум қилинди 0 18:14Волейбол. ЖЧ-2025. Гуруҳдаги сўнгги ўйинда Бельгияга ютқаздик 0 17:51Аёллар футболи. Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади 0 17:24Қозоғистонлик Азат Максумнинг кейинги рақиби, жанг санаси ва манзили расман эълон қилинди 0 17:01Эдди Хирн: "Ортис билан жанг албатта бўлади" 0 16:38Исроил Мадримов россиялик Жаҳон чемпиони билан жанг қилиш истагида — манба 0 16:15Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди 0 15:51UFC жангчиси Топурияга рақобат қила оладиган ягона жангчи кимлигини айтди 0 15:25Теннис маликаларимизнинг бари WTA рейтингида пастлади, тез орада Топ-1000`да бизникилардан ҳеч ким қолмайди 0 15:02Пётр Ян — Умар Нурмагомедов билан жанги ҳақида: "Бу менга нисбатан ҳурматсизлик бўларди" 0

04 mar 17:40
Yangiliklar

Dzyudo

O'zDJTSU va TDIU bilan hamkorlik Memorandumlari imzolandi FOTOGALEREYA

Yaqinda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil Parij shahri (Franciya)da bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya hamda XVII Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risidagi Qarori elon qilingan edi.

Qarorda sport talimi tizimini tubdan takomillashtirish va raqamlashtirish, olimpiya va paralimpiya dasturlariga kiritilgan sport turlari bo'yicha yuqori natijador va olimpiya sportchilar zaxirasini yaratish, licenziyalar sonini sezilarli darajada ko'paytirish, sport menejmentini takomillashtirish, har bir bo'g'inni auditdan o'tkazish va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, sport bazalari va inshootlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy standartlarga javob beradigan yangi sport obektlarini barpo etish, ulardan maqsadli va samarali foydalanish kabi bandlar bo'lib, O'zbekiston dzyudo federaciyasi ularni amaliyotga tadbiq etishni boshladi. 

Bugun Federaciyada tashkil etilgan tadbirda bu boradagi ilk qadam tashlandi. O'zbekiston dzyudo federaciyasi yaqinda o'zining qutlug' 90 yilligini nishonlagan Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti hamda O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan o'zaro keng qamrovdagi hamkorlik memorandumi imzoladi. 

Tadbirda O'zDJTSU rektori Mahmudjon Boltaev, TDIU rektori Kongratbay SHaripov, Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, sportimiz fidoiylari, dzyudo faxriylari, o'qituvchi va murabbiylar hamda terma jamoa azolari hozir bo'lishdi. Tomonlar o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish, ilmiy-uslubiy va innovacion texnologiyalar asosida dzyudo sport turini yanada takomillashtirish bo'yicha o'zaro hamkorlik qilishga kelishib olishdi. 

Memorandumga ko'ra universitet hududida dzyudo zali bunyod etiladi. Federaciya mashg'ulotlarni tashkil etish, malakali murabbiylar bilan taminlash, mashhur dzyudochilarimiz ishtirokida mahorat saboqlarini o'tkazish, talabalar bilan uchrashuvlar uyushtirish kabi qator yo'nalishlarga masul bo'ladi. O'z o'rnida universitetlar tomonidan xalqaro musobaqalarda natija ko'rsatgan dzyudochilarimizning ushbu oliy o'quv dargohlaridagi imtiyozli tahsil olishi taminlanadi.    

Malumot uchun, turli yillarda yuqorida nomlari keltirilgan universitetlarda Armen Bagdasarov, Andrey SHturbabin, Abdulla Tangriev, Rishod Sobirov, Farhod To'raev, Kamol Murodov, Ramziddin Saidov, SHarofiddin Lutfullaev, Hikmatulloh To'raev, SHokir Mo'minov, Yahyo Mo'minov, Navro'z Jo'raqobilov singari yurtimiz dzyudosi dovrug'ini dunyoga tanitgan sportchilar tahsil olishgan. 

Bugungi kunda terma jamoa bosh murabbiyi Ilias Iliadis, Diyora Keldiyorova, Muzaffarbek To'raboev, Muhriddin Tilovov kabi dzyudochilarimiz sportdagi faoliyatlari bilan parallel ravishda tahsilni ham davom ettirishyapti.      

Ishonamizki, ikki tomonlama hamkorlik yurtimiz sporti, xususan dzyudosi rivoji uchun xizmat qiladi. Tadbir yakunida tomonlar o'zaro esdalik sovg'alarini almashishdi. Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti rektori Kongratbay SHaripov O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilovni Universitet tashkil etilganiga 90 yil ko'krak nishoni bilan taqdirladi.    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing