So’nggi yangiliklar

18:57Али Абдел-Азиз: "Перейра UFC лойиҳаси, уни сунъий равишда шиширишган" 0 18:36"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди? 0 18:15DCC: "UFC`да бундан каттароқ жангни тасаввур қила олмаяпман" 0 17:54Санжар Зокировга чемпионлик жанги таклиф қилинди 0 17:33Богачук кейинги жангини Канело — Кроуфорд оқшомида ўтказади 0 17:12Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор 0 16:51Теннисчимиз янгиланган WTA рейтингида 104 поғонага кўтарилди, Топ-10`да янгилар 0 16:30Дастин Порье: "Катта шов-шув билан кетмоқчиман, лекин бу чокларсиз бўлмайди" 0 16:09Аълохон Абдуллаев Шоҳжаҳон Эргашев ташкил этаётган бокс турнирининг марказий жангида рингга чиқади + (Тўлиқ кард) 0 15:48ДХХ кубогининг Тошкент вилоят босқичи ғолиби аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:27Боксчи қизларимиз Хитойга йўл олишди 0 15:06Спортчилар ижтимоий тармоқларда қайтди 0 14:45Менежер Анкалаев - Перейра реванши қачон бўлишини айтди 0 14:24“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди 0 14:03Дастин Порье қайси рақибларининг зарбаси энг кучли бўлганини айтди 0

18 noy 17:04
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zDJTSUda “Yangi O'zbekiston - yangi g'alabalar sari!” shiori ostida tadbir o'tkazildi + FOTO

Teglar :  O'zDJTSU
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sportni boshqarish va turizm fakulteti tashabbusi bilan “17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

“Yangi O'zbekiston – yangi g'alabalar sari!” shiori ostida o'tkazilgan tadbirda Sportni boshqarish va turizm fakulteti talabalari tosh ko'tarish, arqon tortish, armrestling va shaxmat bo'yicha bellashuvlarda ishtirok etishdi.

Universitetning yangidan barpo etilgan ko'rkam va shinam kurash zalida tashkil etilgan bellashuvlarning dastlab, tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Marosimda universitet rahbariyati, professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi. SHundan so'ng bellashuvlarga start berildi.

Qizg'in va murosasiz tarzda o'tgan musobaqalarning yakuniy natijalariga ko'ra, tosh ko'tarish bahslarida 16 kilolik toshni yuz marta ko'targan Gimnastika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabasi SH. SHerboev faxrli birinchi o'rinni egalladi. Arqon tortish musobaqasida eng kuchli jamoa – Sport iqtisodiyoti va menejmenti kafedrasidan tashkil topgan jamoasi bo'ldi.

Armrestling bo'yicha 70 kg. vazn toifasida Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasidan Oybek Mamasiddiqov, 75 kg.da  Alisher Ochilov, 80 kg.da Sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasidan Anton Kolometov, 90 kg. da Sport iqtisodiyoti va menejmenti kafedrasidan Abduaziz Rahimjonovlar g'olib deb topildi. 

Sportning shaxmat turidan o'tkazilgan bellashuvda esa jamoaviy bahslarda birinchi o'rinni Sport iqtisodiyoti va menejmenti kafedrasi jamoasi qo'lga kiritdi. 

Bellashuvlar yakuniga etgach, Universitet madaniyat saroyida g'olib va sovrindor sportchilarni taqdirlash hamda “Xalqaro talabalar kuni”ga bag'ishlangan madaniy tadbir o'tkazildi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan madaniy tadbir el sevgan taniqli xonandalar, so'z ustalarining badiiy chiqishlari bilan boshlanib ketdi. Ijro etilgan sho'x taronalar madaniyat saroyini to'ldirib o'tirgan talabalarga unutilmas zavq-shavq ulashdi.

Tadbir so'nggida musobaqa g'olib va sovrindorlari katta sahnada diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. SHuningdek, tadbir doirasida fakultetning eng faol talabalari va ularning ota-onalariga ham tashakkurnoma va esdalik sovg'alari ulashildi.

Azizxon TILLYAXODJAEV, Sportni boshqarish va turizm fakulteti dekani, iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), docent: 

- Bugungi tadbirni o'tkazishimizdan maqsadimiz, “Xalqaro talabalar kuni”da universitetimiz talabalarini ushbu kun bilan qutlash, qolaversa, talabalarimiz o'rtasida o'zaro do'stlik, hamjihatlikni yanada mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirishdan iborat. Fakultetimiz talabalari o'rtasidagi bellashuvlar guvohi bo'lganingizdek, qizg'in tarzda o'tdi. Bu kabi manaviy-marifiy, sport tadbirlarini  doimiy tarzda o'tkazishni rejalashtirganmiz. Madaniyat saroyimizda bo'lib o'tgan tadbirda ishtirok etgan barcha talabalarimizning ham yuz-ko'zlarida xursandchilik, yangi marralar, yangi g'alabalar sari intilayotgani aks etib turgani biz ustozlarga ham quvonch bag'ishladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing