So’nggi yangiliklar

18:23Жон Жонс қайтишига ишора қилди 0 18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0 13:29Жаҳон кубоги. Бугун тўрт боксчимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0

21 iyu 13:20
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Para suzish: Berlinda 6 ta medalga sazovor bo'ldik

Germaniya poytaxti Berlin shahrida 17-20 iyun kunlari para suzish bo'yicha Jahon seriyasiga kiruvchi ananaviy musobaqa bo'lib o'tdi.

Kecha musobaqaning so'nggi kunida sportchilarimiz bir nechta medallarga sazovor bo'ldi. Jumladan, ayollar o'rtasida 200 metr masofaga kompleks usulda suzish bahslarida ishtirok etgan SHohsanamxon Toshpo'latova 02:28.31 daqiqa vaqt bilan oltin medalni qo'lga kiritdi. Etiborlisi, u Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlarida jami 6 ta, yani 50 metr erkin, 400 metr erkin, 100 metr batterflyay, 100 metr chalqancha, 100 metr brass va 200 metr kompleks usulida suzish bahslarida kurash olib boradi.

Erkaklar o'rtasida 200 metr kompleks usulda suzish bo'yicha startga chiqqan Firdavsbek Musabekov 02:20.13 daqiqa natija ko'rsatib, yakunda kumush medalga sazovor bo'ldi. U Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlarida 100 metr brass va 200 metr kompleks usullarida suzish bahslarida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Bugun shuningdek, erkaklar o'rtasida 50 metr erkin usulda suzish bo'yicha hamyurtimiz Islam Aslanovga teng keladigan raqib topilmadi. U oltin medalga sazovor bo'lishi uchun 00:24.67 soniya natija qayd etdi. Aslanov Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlarida 50 metr erkin, 100 metr batterflyay va 100 metr chalqancha usulda suzish bo'yicha bahslarda ishtirok etadi.

Bundan tashqari, erkaklar o'rtasida 100 metr masofaga chalqancha suzish bo'yicha o'tkazilgan bahslarda yana bir hamyurtimiz Muzaffar Tursunxo'jaev 01:06.24 daqiqa vaqt bilan kumush medalga sazovor bo'ldi. Muzaffar Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlarida 50 metr erkin, 100 metr chalkancha va 100 metr batterflyay usullarida bahslarda qatnashadi.

Eslatib o'tamiz, Jahon seriyasining dastlabki kunida 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo'yicha ayollar o'rtasida SHohsanamxon Toshpo'latova oltin, erkaklar o'rtasida esa Muzaffar Tursunxo'jaev bronza medaliga sazovor bo'lgan edi. Para suzuvchilarimiz Berlindagi musobaqadan 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza, jami 6 ta medal bilan qaytmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing