05 iyu 10:20
Yangiliklar

Almaty Cadets Asian Cups. O'zbekiston 29 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o'rinni egalladi + FOTOGALEREYA
Ikki kun davomida 3 qitaning 9 davlatidan kelgan 500 nafarga yaqin dzyudochi jami 16 ta (8 ta qizlar, 8 ta o'smirlar) vazn toifasida medallar uchun bahs olib bordi.
Quvonarlisi, O'zbekiston terma jamoasi 8 ta oltin, 10 ta kumush, 11 ta bronza, jami 29 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Qozog'iston terma jamoasi 5 ta oltin, 4 ta kumush, 12 ta bronza medali bilan ikkinchi pog'onadan joy olgan bo'lsa, kuchli uchlikka mo'g'ulistonlik dzyudochilar 2 ta oltin medal bilan yakun yasashdi.
Almaty Cadets Asian Cups 2025. Barcha g'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medallar
-50 kg: Xurshid Sultonov
-60 kg: Dilshod Karimov
-40 kg: Alina Kolyucheva
-48 kg: Gulmira Xolmurzaeva
+70 kg: Zarina Bobonazarova
-73 kg: Daulet Turdiyarov
-81 kg: Kamronbek Qodirov
+90 kg: Alibek Durdiev
Kumush medallar
-50 kg: Muhammadqodir SHodmonov
-55 kg: Behruzjon Ochilov
-66 kg: Sanjarbek Ashurov
-40 kg: Mohinur Ollaberganova
-44 kg: Dinora Hasanova
-52 kg: Nigina Umirzoqova
-57 kg: Gulsanam Hazratova
-63 kg: Zuhrajon Umarova
-70 kg: Intizor Uzakbaeva
-81 kg: Sadulla Ravshanov
Bronza medallar
-55 kg: Ilyos Mitanboev
-60 kg: Amirxon Ozodov
-66 kg: Sultonbek Qo'ldoshboev
-40 kg: Dilafruz Boltaboeva
-48 kg: Nargiza Do'stmamatova
-52 kg: Zuhra Alimova
-57 kg: Maftuna Ahmedova
-70 kg: Sevinch Rasulova
-81 kg: Inomjon Bahodirov
-81 kg: Mustafo SHermahmatov
-90 kg: Musurmonqul Ahrorov
Fikrlar