So’nggi yangiliklar

19:41Мераб Двалишвили: "Пётр Ян — Умардан кучлироқ" 0 19:20Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди 0 18:58Илия Топурия: "Мен Арман Царукянни финиш қиламан" 0 18:37"Жанг фақат камар учун". Шавкат Раҳмонов Муҳаммадга қарши жанг қилмайди 0 18:14Мераб Двалишвили: "MMA’да энг ёқтирмайдиган нарсам — вазн ташлаш" 0 17:51МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда 0 17:29Америкалик UFC жангчиси: "Евлоев камар учун жанг қилиши керак. Бу сиёсий ўйинлар" 0 17:07"Уни нокаут қилишдан хурсанд бўламан". Жастин Гэтжи Топурияга қарши жанг ҳақида гапирди 0 16:54Алмабаевнинг мураббийи Темиров билан жанг бекор бўлганига муносабат билдирди 0 16:43Мураббий Рамазон Темировнинг жанги бекор бўлганини тасдиқлади 0 16:41Яна тўрт ёш дзюдочимиз Kocaeli European Judo Hopes турнирида шоҳсупага кўтарилди 0 16:35Рамазон Темировнинг Алмабаевга қарши жанги бекор бўлдими? 0 16:16U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди 0 15:55"Дивизиондаги энг енгил жанглардан бири". Илия Топурия — кейинги рақиби ҳақида гапирди 0 15:33Уимблдон 1/4 финалига чиққан Анисимова Топ-10`таликда дебют қилади 0

17 avg 16:50
Yangiliklar

Boshqalar

Parlament o'yinlari sport musobaqasining Respublika bosqichi g'oliblari taqdirlandi

Teglar :  Parlament o'yinlari
Parlament o'yinlari sport musobaqasining Respublika bosqichi g'oliblari taqdirlandi.

SHu yil 14 avgust kuni Oliy Majlis Senati tashabbusi bilan Turizm va sport vazirligi, Gender tenglikni taminlash masalalari bo'yicha komissiyasi bilan hamkorlikda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati azolari va devoni xodimlari o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi kubogi uchun «Parlament o'yinlari» sport musobaqasining yakuniy Respublika bosqichi o'tkazildi.



O'zbekiston parlamentining deputatlar va senatorlar o'rtasida «Parlament o'yinlari» sport musobaqalarini o'tkazish to'g'risidagi taklifi Prezidentimizning «Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmonida ham qo'llab-quvvatlandi.



Musobaqadan ko'zlangan maqsad – senatorlar va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti azolarini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishga jalb qilish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, sportni ommalashtirish va uni yanada rivojlantirishdan iborat etdi.

Musobaqalar respublika bo'ylab 3 bosqichda sportning mini-futbol, voleybol, badminton va stol tennisi turlari bo'yicha o'tkazildi. Jumladan, birinchi bosqich – viloyat miqyosida fevral-mart oylarida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari azolaridan tashkil topgan jamoalar o'rtasida, ikkinchi bosqich – hudud miqyosida (mintaqaviy) viloyatda birinchi o'rinni egallagan jamoalar o'rtasida aprel-may oylarida tashkil etildi.



Mazkur musobaqalarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining 4 720 nafar azosi ishtirok etib, sportda o'z imkoniyatlarini sinaovdan o'tkazishdi.

«Parlament o'yinlari» sport musobaqasining uchinchi – Respublika final bosqichi hududlarda (mintaqalarda) 1-o'rinni egallagan jamoalar o'rtasida joriy yil 14-15 avgust kunlari Toshkent shahrida tashkil etildi. Unda hududlardan jami 135 nafar deputat g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Musobaqalarni mini-futbol, voleybol, badminton va stol tennisi bo'yicha professional hakamlar boshqarib bordi.

Murosasiz kechgan bahslardan so'ng hakamlar tomonidan g'oliblar aniqlandi. Yakuniy natijalarga ko'ra, mini-futbol bo'yicha Sirdaryo viloyati, voleybol bo'yicha Navoiy viloyati, badminton bo'yicha Qashqadaryo viloyati hamda stol tennisi bo'yicha Samarqand viloyatlari deputatlari «Parlament o'yinlari» sport musobaqalarining mutlaq g'oliblari deb topildi.


Musobaqa g'olib va sovrindorlari O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari – turizm va sport vaziri A.Abduxakimov hamda Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi raisi B.Sayfullaev tomonidan taqdirlandi. SHuningdek, g'oliblar tashkilochilar tomonidan estalik sovg'alari, medallar, diplomlar hamda musobaqa bosh homiysi «Nil-granit» (Samo) MCHJning qimmatbaho sovg'alari bilan ham mukofotlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing