So’nggi yangiliklar

19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0

26 mar 16:29
Yangiliklar

Voleybol

Qarshida voleybol bo'yicha "Olimpiya cho'qqilari" musobaqasi g'oliblari aniqlandi

23-25 mart kunlari Qarshi olimpiya zaxiralari kollejida 2004-2005 hamda 2006 yillarda tug'ilgan va olimpiya zaxiralari kollejlarida tahsil olayotgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida voleybol bo'yicha “Olimpiya cho'qqilari” O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

Musobaqada  Qoraqalpog'iston Respublikasi, Andijon, Farg'ona, Namangan, Sirdaryo, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlaridan  tashrif buyurgan o'g'il bolalardan iborat 7 ta jamoa bellashishgan bo'lishsa, qizlar o'rtasida  4ta jamoa (Andijon, Namangan, Sirdaryo, Xorazm) g'oliblik uchun ishtirok etishdi.

"Olimpiya cho'qqilari"dan joy olgan mazkur chempionatning yakuniy natijalariga ko'ra, o'g'il bolalar o'rtasida Navoiy viloyati jamoasi barcha raqiblaridan ustun kelib, faxrli birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rinni Sirdaryo jamoasi qo'lga kiritgan bo'lsa, uchinchi o'rin mezbonlarga nasib etdi.

Qizlar o'rtasida o'tgan bellashuvlarda andijonlik sportchi-o'quvchilar oltin medal sohibalariga aylanishgan bo'lishsa, kumush medalga xorazmlik qizlar ega chiqishdi. Uchinchi o'rin va bronza medallarni Namangan jamoasi qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing