So’nggi yangiliklar

19:02Волкановски Топуриянинг кучсиз томонини айтди 0 18:39"Адолатли бўлиш керак". Сехудо UFC’ни Царукян - Топурия жангини ташкил қилишга чақирди 0 18:17"Ал Аҳли" Мессини сотиб олмоқчи 0 17:51"У даъвогар бўлишга арзийди". Волкановски кимни кейинги рақиб сифатида кўришини айтди 0 17:25Топурия қайси спортчига ўхшашни исташини айтди. Бу Роналду эмас 0 17:01Ислам Махачев фаолиятини қачон якунлаши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:39Файзуллаев бўйича "Истанбул"дан расмий таклиф кутилмоқда: ЦСКА эса уни сақлаб қолмоқчи 0 16:17Менежер Топуриянинг кейинги рақибини очиқлади. Бу Пимблетт эмас 0 15:53Царукян: "Топурия Оливейрани нокаут қилишини олдиндан билган" 0 15:28Эдди Хирн Жошуанинг қачон рингга қайтишини айтди 0 15:07Расман: Достон Бозоров чемпионлик камарини вакант қолдирди. Титулнинг янги эгаси Тошкентда аниқланади (ПОСТЕР) 1 15:03Футбол. Ўзбекистон Уругвай билан ўртоқлик ўйини ўтказади 0 14:41WBA танқидлар ортидан Жейк Полни рейтингдан чиқариб юбориши мумкин 0 14:20"Мен кутишни хоҳламайман". Ислам Махачев навбатдаги жанги борасида фикр билдирди 0 13:59Қозоғистон ўз мезбонлигидаги Жаҳон кубогидан кейин медаллар жамғариш рейтингида иккинчи ўринга кўтарилди, биз ҳамон пешқадаммиз! 0

28 iyu 19:02
Yangiliklar

Tokio-2020

Qozog'iston boks terma jamoasi murabbiyi shogirdlarining ketma-ket Olimpiadani tark etayotganiga munosabat bildirdi

Teglar :  Boks
Olimpiya o'yinlari qozog'istonlik bokschilar uchun muvaffaqiyatsiz kechmoqda.

Qozog'iston erkaklar terma jamoasi bosh murabbiyi Galim Kenjebaev Sports.kz internet-portaliga bergan intervyusida jahon chempioni Bekzad Nurdayletovning Olimpiadaning 1/8 finalida rossiyalik Imam Xataevdan mag'lub bo'lish sabablari, shuningdek, Abilayxan Jusupov, Serik Temirjanov va Vasiliy Levitning Olimpiadadan chiqib ketishi haqida gapirdi.


- Boks bo'yicha qozog'istonlik jahon chempioni birinchi jangdan so'ng Olimpiadani tark etdi…

- Bekzad zarba o'tkazib yubordi, hakamlar uni hisobladi. Albatta, jang qiyin bo'ldi. Birinchi raundni berib qo'ydi, ikkinchi raundda g'alaba qozondi, uchinchi raund teng kurash ostida bo'ldi. Bizning bokschimiz tashabbusni o'z qo'liga oldi, lekin o'sha erda hisob boshlandi, jang to'xtalishlar bilan bo'ldi... Rus - Bekzadning jiddiy raqiblaridan biri. Bunday vaziyatlar bo'lib turadi. Ushbu jang meni juda xavotirga soldi.


- Bekzad bo'y borasida ustunlikka ega edi, ammo rossiyalik bokschi yaqin masofaga kirib bordi, zarbalar yo'lladi...

- Men aytdim: zarbalar o'tkazib yuborildi, yondan berilgan zarbalarni ko'rmayapsan. Ko'rsatmalar to'g'ri edi – yo'nalish to'g'ri edi.


- Vasiliy Levitning mag'lubiyati haqida nima deya olasiz? 

- Nima bo'lsa, bo'ldi. Zarba o'tkazib yuborildi. Ko'rinishidan, unda allaqachon teskari jarayon boshlangan. Iordaniyadagi turnirdan so'ng u avvalgi holatiga kela olmadi, u bir qancha muammolarga duch keldi. Menimcha, bunda jismoniy va ruhiy jihat muhim rol o'ynadi.


- Abilayxan Jusupov amerikalik bilan teng kurashlar ostida jang o'tkazdi.

- U erda teng janglar o'tkazishilishi mumkin. Bu - Olimpiada . Yigitlar hamma narsani tushunishadi, biz o'zimizni engishimiz, oldinga intilishimiz, ularni ishlashga majbur qilishimiz zarurligini aytdim. Ular harakat qilishadi - lekin, ko'ryotganingizdek, ular qaerdadir zarba o'tkazib yuboradilar, ko'rmay qoladilar...


- Serik Temirjanov Jahon chempionati finalchisiga yutqazdi…

 - Serik o'z boksini ko'rsatdi - u ko'p narsaga qodir edi. Serik hali ham bunday yuqori darajadagi bokschilar bilan raqobatlasha oladigan pog'onadagi jangchi emas. Ushbu vazn toifasida bizda ozgina muammo bor. U o'tgan yili Qozog'iston chempioni bo'ldi, lekin bizda -57 kg vazn toifasi juda muammoli.


- Medallar uchun kurashni davom ettirayotgan boshqa bokschilarimizning kayfiyati qanday?

- Jangovar kayfiyatda. Biz barchasini to'g'irlaymiz. Olimpiadadagi barcha janglar jiddiy.

Reyting:    

Fikrlar

   
28 iyu 23:37:32
Bekh0098
Bizni murabbiylardan intervyu yo'qmi???? Olimpiadani faolroq yoritinglar iltimos.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing