09 sen 14:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Qozog'iston Liverpuldagi JCHda uchinchi yo'qotishga uchradi
Britaniyada boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.
O'zbekiston terma jamoasi musobaqadagi ishtirokini yo'qotishlarsiz davom ettirmoqda.
Qo'shnilarimiz Qozog'iston terma jamoasi safida esa hozircha uchta yo'qotish yuzaga keldi.
Bungacha ayollar terma jamoasi safida Elina Bazarova va Nadejda Ryabec mag'lubiyatga uchrab, musobaqani tark etgandi.
Kecha bo'lib o'tgan bahslarda esa qo'shnilarimizning -75 kg vaznli bokschisi Sabirjan Akkalikov ukrainalik Pavel Ilyushaga imkoniyatni boy berdi.
Bugun musobaqa doirasida O'zbekistondan ham, Qozog'istondan ham 9 nafardan bokschi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar