So’nggi yangiliklar

22:00"Octagon 75" турнирининг барча натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:04Навбаҳор Ҳамидова Олимпиада чемпиони ва уч карра жаҳон чемпионини мағлуб этиб, Жаҳон кубоги ғолибасига айланди 0 18:34Блогер-кикбоксчи Дана Уайтдан Оқ уйдаги UFC турнири учун жанг беришни сўради 0 18:13"Башарасини бежаб қўярдим". Иан Гарри Камару Усман ҳақида 0 17:52"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди (ФОТО) 0 17:31Усик жангига икки ҳафта қолганида онасига мурожаат қилди (ФОТО) 0 17:10Уимблдон. 18 ёшли Мирра Андреева 1/8 финалда 0 16:49Тони Фергюсон қачон жанг ўтказишини айтди 0 16:28Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда! 0 16:07Шахматчи қизларимиз 676 250 доллар мукофот пулига эга Жаҳон кубогида иштирок этишади 0 15:46World Boxing учинчи босқичи якунларига кўра Қозоғистон биздан ўзиб кета оладими? (Жадвал) 0 15:25Спорт вазири ўринбосари бугунги финал олдидан Навбаҳор Ҳамидова билан учрашди 0 15:04"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади 0 14:43Анвар Анваров Франциядаги турнирда шоҳсупага кўтарилди 0 14:22Уимблдон. Ига Свёнтекнинг юриши давом этмоқда 0

03 iyu 07:21
Yangiliklar

Tokio-2020

Qozog'iston terma jamoasining Tokio Olimpiadasidagi bayroqdorlari malum + FOTO

Biroz avval Qozog'iston olimpiya terma jamoasining Tokio-2020 Olimpiadasi uchun tayyorlab qo'yilgan ekipirovka, yani liboslar to'plami haqida malumot bergan edik.

Etiborlisi, Qozog'iston tarixida ilk bor to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi tantanali ochilish marosimida odatdagidek bir emas, ikki nafar sportchi mamlakat bayrog'ini ko'tarish baxtiga muyassar bo'ladi. 

Qozog'iston davlat bayrog'i boks bo'yicha mamlakat terma jamoasi sardori, Bahodir Jalolovning asosiy raqiblaridan biri Kamshibek Kunkabaev hamda engil atletika bo'yicha Olimpiada chempioni va sovrindori Olga Ripakovaga ishonib topshirildi.   

Bu Olga Ripakova uchun faoliyatidagi to'rtinchi Olimpiada bo'ladi. U London-2012 Olimpiadasida oltin medalni qo'lga kiritgan. 2008 yil Pekin Olimpiadasida uchxatlab sakrash bahslarida kumush, Rio-2016 olimpiya o'yinlarida esa bronza medaliga ega chiqqan. 

Kamshibek Kunkabaev – boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi sardori. U harbiylar o'rtasida 2014 yilgi jahon chempioni chempioni, 2017 va 2019 yillarda o'tkazilgan Osiyo va jahon chempionatlarining kumush medali sovrindori hisoblanadi. Har ikki musobaqaning finalida hamyurtimiz Bahodir Jalolovga yutqazgan. Qizilo'rdalik 29 yashar bokschi ilk bor Olimpiadada ishtirok etadi. 

Eslatib o'tamiz, Tokio-2020 Olimpiadasining tantanali ochilish marosimi 23 iyul kuni bo'lib o'tadi. Qozog'iston terma jamoasi 16 iyul kuni Kunchiqar yurtga jo'nab ketadi va ikki haftalik karantinda bo'ladi. Sportchilarning salomatligi va xavfsizligini taminlash maqsadida delegaciya «Air Astana» kompaniyasining charter reysi bilan Tokioga yo'l oladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
03 iyu 18:48:28
ABUXASAN
Bu xabarni bizga nima qizigi bor bizga olamshumul xabarlar kerak qayoqdagi xotinlarni giybatiga oxshedi chiqyotgan xabarlar shuyam xabarmi kimga nechi pullik qizigi bor ekan bu xabarizni xurmatli sayt xodimlari
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing