06 iyu 07:34
Yangiliklar

Asian Juniors Cup 2025. Yoshlarimiz ilk kungi bellashuvlarda 9 ta medal qo'lga kiritishdi, 4 tasi oltin!
Asian Juniors Cup 2025 musobaqasida 3 qitaning 10 ta davlatidan jami 344 nafar dzyudochi medallar uchun kurashga kirishdi. Ilk kungi bellashuvlarga o'zbekistonlik dzyudochilar uchun omadli keldi. Terma jamoamiz azolari murosasiz kechgan bahslarda 4 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
Bugun Osiyo Kubogining ikkinchi kuni qolgan vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.
SHohsupaga ko'tarilgan dzyudochilarimiz:
Oltin medallar
-52 kg: Sabina Azamatova
-57 kg: Mohinur Allabergenova
-60 kg: Muhammadjon Masharipov
-73 kg: Inoyat Telmanov
Kumush medallar
-48 kg: Mahfira Ro'ziboeva
-73 kg: Oybek Rajabov
Bronza medallar
-57 kg: Komila Boltaeva
-60 kg: Pahlavon Mamasoliev
-63 kg: Adina Abilhashimova
Fikrlar