So’nggi yangiliklar

19:41Мераб Двалишвили: "Пётр Ян — Умардан кучлироқ" 0 19:20Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди 0 18:58Илия Топурия: "Мен Арман Царукянни финиш қиламан" 0 18:37"Жанг фақат камар учун". Шавкат Раҳмонов Муҳаммадга қарши жанг қилмайди 0 18:14Мераб Двалишвили: "MMA’да энг ёқтирмайдиган нарсам — вазн ташлаш" 0 17:51МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда 0 17:29Америкалик UFC жангчиси: "Евлоев камар учун жанг қилиши керак. Бу сиёсий ўйинлар" 0 17:07"Уни нокаут қилишдан хурсанд бўламан". Жастин Гэтжи Топурияга қарши жанг ҳақида гапирди 0 16:54Алмабаевнинг мураббийи Темиров билан жанг бекор бўлганига муносабат билдирди 0 16:43Мураббий Рамазон Темировнинг жанги бекор бўлганини тасдиқлади 0 16:41Яна тўрт ёш дзюдочимиз Kocaeli European Judo Hopes турнирида шоҳсупага кўтарилди 0 16:35Рамазон Темировнинг Алмабаевга қарши жанги бекор бўлдими? 0 16:16U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди 0 15:55"Дивизиондаги энг енгил жанглардан бири". Илия Топурия — кейинги рақиби ҳақида гапирди 0 15:33Уимблдон 1/4 финалига чиққан Анисимова Топ-10`таликда дебют қилади 0

17 avg 09:19
Yangiliklar

Dzyudo

Ramziddin Saidov: "Ham sportchi, ham hakam sifatida Olimpiadada qatnashganimdan baxtiyorman"

Xalqaro toifadagi referi, "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi", "O'zbekiston belgisi" ko'krak nishoni, "SHuhrat" medali sohibi Ramziddin Saidov faoliyatida ilk bor Tokio-2020 Olimpiadasida hakamlik qildi.

Kuni kecha Saidov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga ko'ra "Do'stlik" ordeni bilan mukofotlandi.    

"Men baxtiyor insonman. Sportchi sifatida Afina-2004 va London-2012 Olimpiya o'yinlarida ishtirok etganman. Bu yil esa insoniyat tarixida eng uzoq - besh yil kutilgan Tokio Olimpiadasining dzyudo musobaqasida hakamlik qilish baxti nasib etdi. Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) Hakamlar qo'mitasi shu yil boshida O'zbekiston dzyudo federaciyasiga rasmiy maktub yo'llab, tegishli sertifikatni taqdim etgandi. Unda Olimpiadada hakamlik qiladigan o'n olti nafar hakam qatoridan joy olganim tasdiqlangan edi. Qisqa fursat ichida Jahon va Osiyo chempionati, "Masters", "Katta Dubulg'a", Gran-Pri hamda IJF bayrog'i ostida o'tkaziladigan boshqa barcha musobaqalarda hakamlik qilib, xalqaro ekspertlar tomonidan ijobiy baho oldim. Hakamlik faoliyatimdagi ilk Olimpiada ham muvaffaqiyatli o'tdi. Yuzga yaqin bellashuvlarda hakamlik qildim. Bu erishgan natijalarimda yurtimizda sportga qaratilayotgan etibor, shaxsan Prezidentimizning g'amxo'rligi mujassam. Bu balandparvoz gaplar emas. Olimpiadada medal qo'lga kiritgan besh nafar sportchimizga uy, qimmatbaho mashina, maishiy texnika taqdim etildi. Nafaqat medal olganlar, balki Olimpiya o'yinlariga borgan har bir sportchiga davlat tomonidan qo'shimcha besh ming dollardan pul mukofotlari berildi. Bir guruh yurtdoshlarimiz qatorida men ham Davlatimizning yuksak mukofoti - "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlandim. Buning uchun Prezidentimiz, sportimiz mutasaddilari - Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Turizm va sport vazirligi, O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyatiga tashakkur izhor qilaman. Nasib qilsa, Parij-2024 Olimpiadasida ham hakamlik qilib, yurtimiz dzyudosining jahondagi obro'sini yanada ko'tarishga o'z hissamni qo'shaman. Kelasi yili Toshkentda dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati o'tkaziladi. Bu yurtimiz sporti uchun katta yangilik. Xalqaro dzyudo federaciyasi O'zbekistonni o'zining eng yaqin hamkori sifatida tan olgan", - deydi Ramziddin Saidov.           

MALUMOT UCHUN:

Ramziddin Saidov - 1982 yil 14 aprelda Buxoroda dunyoga kelgan. Dzyudo sir-asrorlarini O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy, "El-yurt hurmati" ordeni sohibi, Olot dzyudo maktabi asoschisi Rustam To'raevdan o'rgangan. Saidov sportchilik faoliyati davomida Afina-2004 va London-2012 Olimpiadalari ishtirokchisi, Osiyo chempioni, Osiyo o'yinlari sovrindori bo'lgan. 2013 yilda -100 kg vazn toifasi reytingida 1-o'ringa ko'tarilgan. 2010 yilda Abu-Dabi Gran-Pri, Toshkentda o'tgan Jahon kubogi, 2012 yilda Moskva "Katta Dubulg'a" turnirlarida shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing