14 iyu 18:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Saidyoqub ertangi jangi oldidan UFC'ning sobiq mashhur vakili bilan yuzma-yuz keldi (VIDEO)
Ertaga tongda AQSHning Florida shtati, Mayami shahrida joylashgan The Hangar at Regatta Harbour majmuasida DBX 2 musobaqasi o'tkaziladi.
Xabar berganimizdek, unda 29 yoshli o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi, eng engil vazn toifasida UFC sobiq jangchisi Saidyoqub Qahramonov ham ishtirok etadi. Qahramonovga turnir doirasida amerikalik UFC jangchisi Aleks Kaseres raqiblik qiladi.
Bu har ikki sportchining Dirty Boxing'dagi ilk jangi bo'ladi. Ularning bellashuvi musobaqaning co main event'i bo'ladi. Yakkakurash ustalari jang oldidan ilk bor face to face marosimida qatnashishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar