So’nggi yangiliklar

20:09Оғир атлетикачимиз Осиё чемпионатида мутлақ чемпион бўлди 0 19:17Перейра дебют жангидаёқ UFC рекордини ўрнатади 0 18:56Виржил Ортис: "Мен у билан жанг қилмоқчиман — тез орада бу тўқнашув амалга ошади" 0 18:35Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди 0 18:14UFC Қатарда турнир ўтказишини эълон қилди 0 17:53Спорт вазирлигида паралимпия ҳаракатини ривожлантиришга бағишланган тақдимот бўлиб ўтди 0 17:32UAE Warriors чемпиони Хотамбек Бойназаровнинг кейинги жанги санаси ва манзили маълум бўлди 0 17:11Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди 0 16:50АҚШда жангида мағлуб бўлганидан бир неча соат ўтиб, 37 ёшли боксчи вафот этди 0 16:29Пара таэквондо терма жамоамиз халқаро очиқ челленж мусобақасида иштирок этади 0 16:08Расман. Эннис IBF чемпионлик камаридан воз кечди 0 15:47Рустам Ашурматов "Истиқлол"да тиббий кўрикдан ўтди + ФОТО 0 15:26Уимблдон. Арина Соболенко 1/2 финалда ўйнайди 0 15:05Президент қарори қабул қилинди: Ўзбекистон спортчилари Олимпия ва Паралимпия ўйинларига комплекс тайёрланади 0 14:44Самарқанд FIDE Grand Swiss 2025 иштирокчилари тасдиқланди 0

07 sen 07:08
Yangiliklar

Tokio-2020, Olimpiya o'yinlari

Saida Mirziyoeva matonatli paralimpiyachilarimizga tabrik yo'lladi

Xabar berganimizdek, kecha oqshom O'zbekiston Paralimpiya delegaciyasi Tokiodan yurtimizga qaytib keldi.

Paralimpiyachilarimiz Tokiodan 19 ta olimpiya medali: sakkizta oltin, beshta kumush va oltita bronza bilan uyga qaytdilar. Bu juda yaxshi natija, biz 162 delegaciya ichida umumjamoa hisobida 16-o'rinni egalladik. Markaziy Osiyo bo'yicha birinchi o'rindamiz! 

CHeklov va hadiklar faqat o'zimizning ichimizda mavjudligini 48 nafar milliy qahramonimiz yana bir bor esga soldi.  

Men uchun ular imkoniyati CHEKLANMAGAN insonlardir. CHunki ular shartlilik va to'siqlarni tan olmaydilar, ular uchun «imkonsiz» degan so'zning o'zi yo'q, ular vaziyatga bo'ysunmaydilar.

Peshqadam, g'olib bo'lish, eng yaxshilar qatoridan o'rin olish uchun ularning har biri boshqa sportchilarga nisbatan ko'proq harakat qilishlariga to'g'ri keladi. Ular har birimizdan ko'ra chidamliroq bo'lishga majburlar.

Bizni kurashdan chekinmaslikka, orzulardan voz kechmaslikka o'rgatayotganingiz, o'z-o'ziga achinish va doim kimnidir aybdor qilish kabi arzimas mayda-chuydalardan tiyilishga yordam berayotganingiz uchun Sizga rahmat. Biz sizni olqishlar bilan qarshi olamiz... Bu g'alabangizdan ham ko'ra muhimroq narsa – motivaciya uchun minnatdorchilikdir!

Barcha g'oliblar va sportchilarimizni chin ko'ngildan tabriklayman, siz Millatimiz Oltinisiz!


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing