So’nggi yangiliklar

16:18Гулруҳбегим Тохиржонова: "Бу мукофот ишонч рамзи" 0 15:56IBA.Pro 7: Бугун юлдузлар иштирокидаги турнирда Мадияр Саидраҳимов жанг қилади 0 15:36IBA 2025 йилги жаҳон чемпионати мезбонини эълон қилди 0 15:28Расман: Оливье Жиру "Лилл"га ўтди 0 15:05Эксперт: "Царукян — Топурия учун энг хавфли рақиб" 0 14:44Президент Спорт вазирини қабул қилди. Унда бир қатор янгиликлар эълон қилинди 0 14:21Пэдди Пимблетт ва Жастин Гэтжи ўзаро жанг қилиши мумкин 0 14:00"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди (ФОТО) 0 13:39Superunited Rapid & Blitz Croatia 2025. Бугун Нодирбек Абдусатторов юлдузли турнирдаги иштирокини бошлайди 0 13:18"Топурия билан курашиш Оливейрадан осонроқ" - Арман Царукян 0 12:57Али Абдел-Азиз Ислам Махачев ва Илия Топурияни таққослади 0 12:36Ўзбекистон МТЖ аъзоси “Пахтакор“га қайтиши мумкин 0 12:15 World Boxing . Учинчи кунги жангларда уч боксчимизга мухлислик қиламиз 0 11:54UFC турнири пайти Кормьенинг қимматбаҳо автомобилини ўғрилаб кетишди 0 11:33Новак Жокович 20-маротаба "Уимблдон"даги юришини ғалаба бошлади 0

05 may 05:23
Yangiliklar

Sport kurashlari

Salimboy Abduvaliev 71 yoshda!

Bugun O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi raisi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisi-o'rinbosari, taniqli mecenat, iqtisodiyot fanlari nomzodi Abduvaliev Salimboy Qirg'izboevich 71 bahorni qarshi olyapti.

Salimboy Abduvaliev - 1950 yilning 5 may kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. O'zbekning tanti farzandi, keng fel, chuqur mushohadali, qarashlarida shijoat barq urib turadigan Salimboy Abduvaliev 11 yoshidan Obid Nazirov ustozligida kurash sporti bilan shug'ullangan. 

Maktab davridayoq dastlab erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasiga,  Butunittifoq maktab o'quvchilari Spartakiadasida ishtirok etganidan so'ng esa Itttifoq o'smirlar terma jamoasi azoligiga qabul qilingan. O'smirlar o'rtasida besh karra O'zbekiston chempioni, SSSR sport ustasi.

1996 yilda Salimboy Abduvalievga O'zbekiston erkin kurash federaciyasini boshqarish topshirildi. Umidli kurashchilarni tayyorlash, moddiy taminotini bo'yniga olish, ularni yirik turnirlarda qatnashish shart-sharoitini tashkil qilish ishlari uning faoliyatiga aylandi. 

Respublikada xalqaro miqyosdagi katta turnirlar o'tkazish amaliyoti egallay boshlandi. Salimboy Qirg'izboevichning tashabbusi hamda homiyligi ostida 1997 yildan 2011 yilga qadar mamlakatimizda erkin va yunon-rum kurashi bo'yicha “O'zbekiston Mustaqilligi” kubogi o'tkazildi. Uning moliyaviy ko'magi ostida  ko'plab musobaqalar tashkil etildi. Jumladan, erkin va yunon-rum kurashi bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionati (Toshkent, 25-28 may 1999 y.), Olimpiada saralash musobaqasi (Toshkent, 19-21 fevral 2000 y.), yoshlar o'rtasida erkin, yunon-rum kurashi bo'yicha Jahon chempionati (Toshkent, 9-13 avgust 2001 y.), Olimpiada saralash musobaqasi (Toshkent, 13-14 mart 2004 y.), erkin kurash  bo'yicha Jahon kubogi (Toshkent, 12-13 mart 2005 y.), yoshlar o'rtasida  erkin, yunon-rum kurashi bo'yicha Osiyo chempionati (Toshkent, 25-27 iyul 2008 y.), Singapurda o'tkaziladigan o'smirlar Olimpiya o'yinlariga  erkin, yunon-rum kurashi bo'yicha saralash turniri (Toshkent, 30 aprel-2 may 2010 y.), ayollar va erkaklar o'rtasida erkin, hamda erkaklar o'rtasida yunon-rum kurashi bo'yicha Osiyo chempionati (Toshkent, 19-22 may 2011 y.), ayollar va erkaklar o'rtasida erkin, hamda erkaklar o'rtasida yunon-rum kurashi bo'yicha Jahon chempionati (Toshkent, 8-14 sentyabr 2014 y.), yunon-rum kurashi  hamda qizlar orasida erkin kurash  bo'yicha Osiyo chempionati (Toshkent, 10-13 may 2018 y.) kabilarni sanab o'tish mumkin.

Salimboy Abduvaliev sportga qo'shgan buyuk xizmatlari uchun 2000 yilda Xalqaro kurash federaciyasi (FILA) ning “Oltin ordeni” bilan taqdirlangan. Unga O'zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda faol ishtirok etganligi munosabati bilan Mustaqillikning 1 yilligi, 10 yilligi, 15 yilligi, 20 yilligi esdalik nishonlari taqdim etilgan. 2019 yilda u O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining “Jismoniy tarbiya va sport alochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.  

O'zbekiston Olimpiya harakatini rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun Milliy Olimpiya Qo'mitasining  faxriy yorlig'i, bir necha bor O'zbekiston sport qo'mitasining esdalik nishonlari berilgan. 2002, 2003, 2004, 2005 yillarda “Yilning eng yaxshi sport homiysi” sifatida etirof etilgan. Uning boshchiligidagi O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi bir necha bor O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasining “Yilning eng yaxshi associaciyasi” diplomiga sazovor bo'lgan. 

Salimboy Abduvaliev 2005 yilda Yunesko ordeni bilan taqdirlangan. 2006 yil G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasida nomzodlik dissertaciyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. U Evropa texnika universiteti, Gannover universiteti (Germaniya) faxriy doktori (2002 y), Koreya Respublikasi Juseong talim kollejining professoridir (2006 y).

Saytimiz xodimlari va o'quvchilari, O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi, murabbiylar, hakamlar, yurtimizning barcha kurashchilari nomidan Salimboy Abduvalievni bugungi shukrona kun bilan muborakbod etamiz. U kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik, farzandlar, nabiralar rohatini ko'rib yurishlarini tilaymiz!

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing