So’nggi yangiliklar

19:06Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди 0 18:45Александр Усик ўзининг заиф томонини айтди 0 18:24Рафаэль Надаль: "Жотанинг оиласига ҳамдардман" 0 18:01Жасур Мирзамуҳаммедов жангларга қайтмоқда 0 17:39Расман: Жасур Жалолиддинов — "Сўғдиёна" футболчиси! 0 17:17Боксчи йигитларимиз нима учун Қозоғистондаги Жаҳон кубогига боришмади? Бокс федерацияси бунга муносабат билдирди 0 16:54Темиров: "Пантожанинг кейинги рақиби мен бўламан" 0 16:30Макгрегор 10 йиллик қамоқ ҳақидаги хабарларга жавоб қайтарди 0 16:07Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас" 0 15:45Дастин Порье: "Бу охирги имконият. Чиройли тарзда кетмоқчиман" 0 15:23Конор Макгрегорга 10 йиллик қамоқ жазоси таҳдид солмоқда 0 15:02Усикнинг жамоасида Фьюрининг учинчи жанг ҳақидаги сўзларига муносабат билдиришди 0 14:41Бугун Мираброр Усмонов ҳаёт бўлганида 78 ёшини қарши олар эди 0 14:20Умар Кремлёв бокс бўйича жаҳон чемпиони 1 миллион долларга эга бўлишини айтди 0 13:59IBF Бивол учун мажбурий даъвогарни эълон қилди 0

29 may 11:37
Yangiliklar

Sambo

Sambo. Tashkiliy qo'mita bilan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik masalasi muhokama qilindi

Teglar :  Sambo
O'zbekiston Taekvondo WT associaciyasi bazasidagi "Universal" sport saroyida Sambo bo'yicha Osiyo chempionati tashkiliy qo'mitasining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishga Tashkiliy qo'mitaning raisi, O'zbekiston turizm va sport Vazirining o'rinbosari, Karimov Avaz Qudratullaevich raislik qildi. SHuningdek yig'ilishda O'zbekiston milliy Olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Irmatov Ravshan Sayfutdinovich, Osiyo sambo uyushmasi raisi Mullaev Alamjon To'xtasinovich, Osiyo sambo uyushmasi bosh direktori Suresh Goopi, O'zbekiston sambo associaciyasi raisi Alisher Alimov, O'zbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O'zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar Vazirligi, O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi, O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus talim  Vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikaciyalarni rivojlantirish Vazirligi, O'zbekiston Davlat bojxona qo'mitasi, O'zbekiston yoshlar agentligi, Toshkent shahar hokimiyati, O'zbekiston “Airports” AJ, O'zbekiston Milliy axborot agentligi, O'zbekiston milliy teleradiokampaniyasi, Xududiy elektr tarmoqlar AJ vakillari ishtirok etishdi. 

Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 27 may kuni 31-31/1-198-son bayonnomasida qayd etilgan 2021 yil Sambo bo'yicha Osiyo chempionatini yuqori saviyada o'tqazish buyicha barcha masalalar ko'rib chiqildi, savol va takliflar kiritildi va kamchiliklarni oldini olish buyicha topshiriqlar berildi. CHempionat xalkaro miqyoda tashkil etilishini inobatga olib uni yuqori saviyada o'tkazish kerakligini takidlab o'tildi.

Ayni paytda O'zbekiston sambo associaciyasi ushbu qita birinchiligini tashkil etish bo'yicha qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda. Musobaqaga nafaqat tashkiliy tomonlama, balki sportchilarimizning tayyorgarligi ham kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda. Ayni paytda terma jamoamiz azolari CHirchiq shahridagi o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etishmoqda. 

O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing