So’nggi yangiliklar

17:33Богачук кейинги жангини Канело — Кроуфорд оқшомида ўтказади 0 17:12Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор 0 16:51Теннисчимиз янгиланган WTA рейтингида 104 поғонага кўтарилди, Топ-10`да янгилар 0 16:30Дастин Порье: "Катта шов-шув билан кетмоқчиман, лекин бу чокларсиз бўлмайди" 0 16:09Аълохон Абдуллаев Шоҳжаҳон Эргашев ташкил этаётган бокс турнирининг марказий жангида рингга чиқади + (Тўлиқ кард) 0 15:48ДХХ кубогининг Тошкент вилоят босқичи ғолиби аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:27Боксчи қизларимиз Хитойга йўл олишди 0 15:06Спортчилар ижтимоий тармоқларда қайтди 0 14:45Менежер Анкалаев - Перейра реванши қачон бўлишини айтди 0 14:24“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди 0 14:03Дастин Порье қайси рақибларининг зарбаси энг кучли бўлганини айтди 0 13:42ATP рейтинги. Чемпион Синнер 3430 очколик фарқ билан пешқадам, теннисчимиз 94 поғона юқорилади 0 13:21"100 фоиз ишонаман". Абдел-Азиз дю Плесси – Чимаев жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:00Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди? 0 12:39Александр Усик "идеал боксчи"ни тузди 0

09 noy 16:02
Yangiliklar

Sambo

Sarbon Ernazarov JCHga tayyorgarlik, etibor va asosiy raqiblari haqida gapirdi

Teglar :  Sarbon Ernazarov
Sambo bo'yicha jahon chempionati boshlanishiga oz vaqt qolmoqda.

O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati ushbu JCH oldidan terma jamoamiz azolarining fikrlarini muxlislar etiboriga havola qilishda davom etadi. Bugun terma jamoamiz etakchisi Sarbon Ernazarov mehmonimiz bo'ladi. 

"Tayyorgarlik jarayoni alo darajada o'tmoqda. Terma jamoa azolarining sport formasi yaxshi. Muhit ham ajoyib. SHuni alohida aytishni istardimki, tayyorgarlik jarayonida sambo associaciyamiz, shuningdek MOQ va vazirlik tomonidan ham alohida etibor bo'lmoqda. To'g'risini aytsam, bunday etibor avval bo'lmagandi. Vitaminizaciya, massajchi va psixologlar biz bilan ishlashmoqda. Bu bizga har tomonlama ko'mak bo'lmoqda. Bizning JCHdagi muvaffaqiyatli ishtirokimizni barcha istamoqda. Buni his qilib turibmiz. 

Asosiy maqsadimiz albatta g'alaba qozonishdir. Har bir sportchi gilamga chiqqanda faqat g'alaba uchun kurashadi. O'z uyimizda yuzimizni yorug' qilib, vatanimiz bayrog'ini yuqori ko'tarmoqchimiz. Bizni butun O'zbekiston tomosha qiladi. Maqsadimiz faqat va faqat oltin medal qo'lga kiritishdir.  

Men musobaqada -71 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilaman. Bu o'rta vazn bo'lganligi uchun raqobat katta bo'ladi. Bu erda asosiy raqiblar bor. Biroq, har bir sportchi o'ziga xos "syurpriz" tayyorlashi mumkin. Ammo baribir asosiy raqiblar bor va ularga qarshi har tomonlama tayyorgarlik ko'rmoqdaman. Rossiya, Gruziya, Qozog'iston va Belarus, Franciya vakillari kuchli raqobat ko'rsatadi. SHuning uchun, bu vaznda kimnidir aniq chempion bo'lishini taxmin qilib bo'lmaydi. 

O'z yurtimda ilk marotaba musobaqada qatnashayotganim yo'q. Bungacha O'zbekistondagi turli nufuzli musobaqalar, Osiyo chempionatlarida qatnashganman. Lekin jahon chempionatida ilk marotaba qatnashyapman va buning bosimi albatta bor. JCHda bosim doimo bo'ladi. Umid qilamanki, o'z uyimizdagi devorlar, muxlislar bizga yordam berishadi", - dedi Sarbon Ernazarov. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing