05 avg 09:13
Yangiliklar
Sambo
Sambochilarimizning barchasi Armanistondan medal bilan qaytadigan bo'ldi
Erevan shahrida sambo bo'yicha "Armaniston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti kubogi" bahslari bo'lib o'tdi.
Musobaqada to'rt nafar hamyurtimiz ishtirok etishi haqida avvalroq xabar berib o'tgandik.
Etiborlisi, bahslarda qatnashgan to'rt nafar vakilimizning barchasi musobaqada medalga ega chiqdi. Sarbon Ernazarov oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Sardor Olimjonov kumush medalga sazovor bo'ldi. Ilhom Parmonov va Ixtiyor Eshmurodov yurtimizga bronza medali bilan qaytadigan bo'ldi.
Malumot uchun, ushbu musobaqa tarixda ilk marotaba o'tkazildi va o'ylaymizki, Milliy olimpiya qo'mitalari orasida ananaga aylanadi.
O'zbekiston sambo associaciyasi mazkur musobaqadagi ishtirokka ko'mak bergani uchun O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi va "7 Saber" brendiga o'z minnatdorchiligini bildiradi.
Havola :
Manba : t.me/uzbekistan_sambo
Fikrlar