14 iyu 13:21
Yangiliklar
Boks/MMA

"100 foiz ishonaman". Abdel-Aziz dyu Plessi – CHimaev jangi haqida fikr bildirdi
MMA olamidagi mashhur menejer, Ali Abdel-Aziz Drikus dyu Plessi va Xamzat CHimaev o'rtasidagi bo'lajak to'qnashuv haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Hamma biladi: men Xamzat bilan bir vaqtlar birga ishlaganman. Uni juda yaxshi ko'raman. U koronavirusdan keyin juda jiddiy muammolarga duch keldi. Xamzat — UFC'dagi eng yorqin yulduzlardan biri. Bunday bosim ostida bazi odamlar nima qilishni bilmay qoladi.
Sog'lom va o'ziga ishongan Xamzatga qarshi kim to'qnash kela oladi? Buni tasavvur qilish qiyin. Men uning har qanday jangchini istalgan kunda engishga qodir ekaniga ishonaman. Istedod va texnika haqida gap ketganda - CHimaev shubhasiz etakchi. Agar jang 3, 4, 5-raundgacha borsa, nima bo'ladi? Men ishonamanki, u Robert Uittakerga qarshi qilganini yana ko'rsata oladi. Men 100 foiz ishonaman", — dedi Abdel-Aziz Sportskeeda manbasiga.
Havola :
Manba : Sportskeeda
Fikrlar