So’nggi yangiliklar

19:41Мераб Двалишвили: "Пётр Ян — Умардан кучлироқ" 0 19:20Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди 0 18:58Илия Топурия: "Мен Арман Царукянни финиш қиламан" 0 18:37"Жанг фақат камар учун". Шавкат Раҳмонов Муҳаммадга қарши жанг қилмайди 0 18:14Мераб Двалишвили: "MMA’да энг ёқтирмайдиган нарсам — вазн ташлаш" 0 17:51МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда 0 17:29Америкалик UFC жангчиси: "Евлоев камар учун жанг қилиши керак. Бу сиёсий ўйинлар" 0 17:07"Уни нокаут қилишдан хурсанд бўламан". Жастин Гэтжи Топурияга қарши жанг ҳақида гапирди 0 16:54Алмабаевнинг мураббийи Темиров билан жанг бекор бўлганига муносабат билдирди 0 16:43Мураббий Рамазон Темировнинг жанги бекор бўлганини тасдиқлади 0 16:41Яна тўрт ёш дзюдочимиз Kocaeli European Judo Hopes турнирида шоҳсупага кўтарилди 0 16:35Рамазон Темировнинг Алмабаевга қарши жанги бекор бўлдими? 0 16:16U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди 0 15:55"Дивизиондаги энг енгил жанглардан бири". Илия Топурия — кейинги рақиби ҳақида гапирди 0 15:33Уимблдон 1/4 финалига чиққан Анисимова Топ-10`таликда дебют қилади 0

13 avg 15:00
Yangiliklar

Boshqalar

SHavkat Mirziyoev Olimpiyachilarimizga: "Bu Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik shonli bayramiga munosib sovg'a bo'ldi"

Teglar :  SHavkat Mirziyoev
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning Tokio Olimpiadasida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvi boshlandi.

Bu haqida Prezident matbuot kotibi SHerzod Asadov o'z telegram kanali orqali malumot berdi. 

Tantanali tadbirda davlatimiz rahbari nutq so'zlamoqda:

"Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni O'zbekiston milliy terma jamoasining Olimpiya o'yinlarida qo'lga kiritgan ulkan, tom manoda tarixiy g'alabasi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Albatta, barchamiz dunyodagi eng nufuzli ana shu musobaqalarda O'zbekiston vakillarining har bir chiqishini “oynai jahon” orqali katta qiziqish va hayajon bilan kuzatib bordik.

O'z navbatida, mard va jasur sportchilarimiz ham bunday yuksak ishonchni oqlab, xalqimizga yorqin g'alabalarni tortiq etdilar.

Hech shubhasiz, bu Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik shonli bayramiga munosib sovg'a bo'ldi.

Olimpiadada sportchilarimiz yuksak shohsupalarga ko'tarilib, 3 ta oltin va 2 ta bronza medalni qo'lga kiritdilar.

Hammamizga ayonki, Olimpiya o'yinlarida er yuzining eng zo'r, manaman degan sport ustalari ishtirok etadi. 

Sizlar dunyo tan olgan sportchilar bilan mardona olishib, ularning o'zini ham, ular erishgan natijalarni ham ortda qoldirib, 3 ta Olimpiya rekordini yangilab, jahon sportida ham yorqin sahifa ochdingiz.

Mamlakatimiz jamoasi 200 dan ziyod davlatdan kelgan eng kuchli sportchilar orasida umumjamoa hisobida – o'ttiz ikkinchi, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligida – ikkinchi, Markaziy Osiyoda esa – birinchi o'rinni egalladi. Bu chindan ham o'zbek sporti tarixidagi ulkan natijadir."

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing