So’nggi yangiliklar

20:11Ўзбекистон Осиё чемпионати 1/2 финалига чиқиш баробарида Жаҳон чемпионати йўлланмасини ҳам қўлга киритди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:43Тоғли Дукентда машғулотлар жадал суратда давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:22Миллий терма жамоамиз Мужу Гран-При Челленжерида иштирок этади 0 18:01Туркманистон терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади? 0 17:40Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов яна очко олди 0 17:19Спорт вазири ўринбосари "Содиқ хизматлари учун" медали билан тақдирланди 0 16:58Нурсултон Рўзибоев Хамзат Чимаевнинг жамоасидаги машғулотлари ҳақида гапирди 0 16:37Манба: Ўзбекистон МТЖ янги бош мураббийи масаласи тез орада ҳал бўлади 0 16:16Рамазон Темировнинг укаси ATFC турнирида жанг қилади 0 15:55Чунгвон Чой Бутунжаҳон таэквондо федерацияси Президентлигига ягона даъвогар сифатида кўрсатилди 0 15:34LFA билан шартнома имзолаган Азизбек Темиров кейинги жангини Тошкентда ўтказади 0 15:13Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди 0 14:52Исроил Мадримов: "Баҳона йўқ, ўша куни Ортис кучлироқ бўлганди" 0 14:31Бутунжаҳон ўсмирлар Олимпиадасида муваффақиятли иштирок этган шахматчиларимиз муносиб кутиб олинди 0 14:10IBF чемпиони Опетая оғир вазнга ўтиши мумкин 0

13 avg 16:38
Yangiliklar

Boshqalar

SHifokorlarimizning say-harakatlari bilan atletlarimiz muvaffaqiyatga erishishmoqda

Teglar :  SHifokorlar
Turkiyaning Konya shahrida Islom birdamlik o'yinlari bo'lib o'tmoqda.

Taekvondo bahslarida O'zbekiston delegaciyasi bayroqdori Ulug'bek Rashitov o'ziga xos iroda ko'rsatib, oltin medalga ega chiqdi.

Gap shundaki, chorak final bahsida Rashitovning eronlik raqibi unga qarshi taqiqlangan zarbani qo'lladi. Kuchli zarbadan so'ng, ko'pchilik Ulug'bekning kurashni davom ettira olishidan havotirda edi. Ammo Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi shifokorlari Olimpiya chempioni hisoblangan musobaqa favoritiga o'z vaqtida tibbiy yordam ko'rsatib, uni kurashga qaytarishga muvaffaq bo'lishdi va o'ziga xos tarzda ushbu oltin medalning qo'lga kiritilishida muhim rol o'ynadilar. Sportchimizning holati haqida Tibbiyot markazi mutaxassislari quyidagicha javob berishdi:


"Ulug'bek Rashitov musobaqa davomida tovon sohasi, axil payi birikkan nuqtadan jarohat oldi va buning natijasida sportchimiz kuchli og'riqni his qildi. Taekvondochimizga kelgusi bosqichlarda dayanga chiqishi uchun «Game Ready» muzlatuvchi uskuna, lazer, ultratovush hamda boshqa bir qator usullarni qo'llagan holatda tibbiy yordam ko'rsatildi".

Natija esa barchaga malum, Ulug'bek Rashitov barcha bellashuvlarda raqiblaridan har tomonlama ustun ekanini ko'rsatib, delegaciyamizga muhim oltin medalni taqdim qildi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing