So’nggi yangiliklar

19:02"Ким бундай қилган?" Теренс Кроуфорд P4P рейтингидаги ўрнидан норози 0 18:39Бобир Абдихолиқов ва Жасур Жалолиддинов "Сумқайит"ни тарк этишди 0 18:17"Ва-банкка бораман". Топурия Оливейрани қандай қилиб финиш қилмоқчи эканлигини айтди 0 17:51TUF 33 шоусида Фурқатбек Ёқубовни мағлуб этган Алиби Идрис ҳамюртимизга мурожаат қилди + ВИДЕО 0 17:30Топурия Оливейрани биринчи раундда нокаут қилмоқчи бўлмоқда. Чарльз эса бунга муносабат билдирди 0 17:07Гарет Саутгейт энди рицар! 0 16:46Умар Кремлёв: "IBA'нинг стратегик мақсади Россияни дунё бокс майдонига айлантириш" 0 16:25Истборн (WTA). Остапенко, Радукануда ғалаба, Кенин ютқазди ва бошқа натижалар 0 16:04UzChess Cup. Ниғматов пешқадам, Абдусатторовга таъқибчилар етиб олишди, 7-тур жуфтликлари ва турнир жадваллари билан танишинг 0 15:43Ҳожиакбар Алижонов нега фақат қора бутсада майдонга тушади? 0 15:22Спорт вазири Олимпия ва паралимпия шон шуҳрати музейида ёшлар билан учрашди 0 15:01Камарга яқин турган Муҳаммад Шеховнинг навбатдаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 14:40UzChess Cup. Нодирбеклар баҳсда кутилмаган натижа, Синдаров Аржунга қарши, 6-турнинг барча натижалари битта хабарда 0 14:19"Барселона" "Камп Ноу"га қайтадиган кунни эълон қилди 0 13:58Ига Cвёнтек фаолиятидаги 300-ғалабасига эришди 0

30 noy 07:32
Yangiliklar

Boshqalar

Sirdaryodagi MFYlarga aholi sog'lom turmush tarzi uchun trenerlar biriktirilmoqda

Sirdaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan muntazam ravishda viloyatdagi mahallalar aholisining barcha qatlami va tashkilotlarda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlar o'rtasida ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari, yurish, yugurish sport tadbirlar tashkil etilib borilmoqda.

Jumladan, Oqoltin Sirdaryo, Boyovut, Sayxunobod, Mirzaobod tumanlari Guliston va SHirin shaharlarida aholi va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirokida yurish, yugurish, badantarbiya mashg'ulotlari, mini futbol, voleybol hamda mazkur tuman (shahar) sektor rahbarlari ishtirokida «SHaxsiy namuna» tamoyili asosida «Jismoniy tayyorgarlik darajasi» (turnikka tortilish, 100-200 metrga va 1 km masofaga yugurish, chalqancha yotgan holda gavdani ko'tarish (press), polga tayangan holda qo'llarni bukib yozish (otjimaniya) sinovlari tashkil etildi.

Aholining dam olish kunlari Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi va Ichki ishlar boshqarmasi hamda ularning hududiy bo'limlari hamkorligida tashkil etilgan sport tadbirlariga 2000 ga yaqin fuqarolar jalb etildi.

SHuningdek, sport tadbirlari davomi ishtirokchilarni arterial bosimi, tomir urishi, bo'ylari, vazn va qorin hajmi qalinliklari o'lchanib malumotlar bazasi shakllantirildi.

Viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan viloyatdagi barcha MFYlarga aholini sog'lom turmush tarziga targ'ib qilish, ommaviy badantarbiya mashg'ulotlarini yo'lga qo'yish uchun trenerlar biriktirilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing