So’nggi yangiliklar

11:43Царукян: "Топурияни фақат мен енга оламан" 0 11:22Ёшларимиз Чехия ва Венгрияда ўтказиладиган Европа Кубокларига жўнаб кетишди + ФОТО 0 11:01Жаҳон кубоги. Кеча жанг қилган уч боксчимиздан икки нафарида ғалаба 0 10:40Суперлига. Бугун 1-давранинг сўнгги тури старт олади 0 10:19Мадияр Саидраҳимов IBA.Pro 7 турнирида озарбайжонлик рақиби устидан ғалаба қозонди 0 09:58Пойтахтимиз мезбонлигидаги стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ниҳоясига етди 0 09:37"Ҳаваскордек жанг қилди". Пимблетт Оливейрани танқид қилди 0 09:16“Насаф“ Мозговойнинг ўрнига “Динамо“ етакчисини олиб келмоқчи 0 08:53"Топурия ва Царукян бой оиладан чиққан" - Даниэль Кормье 0 08:29Байдарка ва каноэчиларимиз Болгарияга жўнаб кетди 0 08:02Хейни иштирокидаги чемпионлик жанги ноябрь ойида бўлади 0 07:30Шомуродовнинг янги жамоаси деярли маълум. Музокаралар якуний босқичда 0 19:01ФИДЕ тарихидаги илк рейтинг рўйхати қандай бўлганини биласизми? 0 18:39Рой Жонс – Емельяненко билан жанг ҳақида: "Пул бўлса, муаммо йўқ" 0 18:17Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари 0

10 may 13:26
Yangiliklar

Voleybol

Sohil voleyboli: hamyurtlarimiz Qozog'istonda oltin va kumush medalga sazovor bo'lishdi

Teglar :  Voleybol
Avval xabar qilganimizdek, 7-9 may kunlari Qozog'istonning Olma-Ota shahrida sohil voleyboli bo'yicha xalqaro turnir o'tkazildi.

Unda O'zbekiston, Qirg'iziston hamda Qozog'istonning turli hududlaridan jami 63ta jamoa erkaklar, ayollar hamda mikst yo'nalishida o'tkazilgan musobaqalarda g'oliblik uchun bahs olib borishdi. 

Takidlash joiz, qozog'istonlik taniqli shoir, yozuvchi, adabiyotshunos, davlat va jamoat arbobi Oljas Suleymanov tavalludining 85 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan ushbu xalqaro turnir mamlakatimiz sohil voleybolchilari uchun xalqaro maydondagi ilk musobaqa sifatida tarixga kirdi va quvonarlisi, vakillarimizning debyuti muvaffaqiyatli chiqdi.


Ushbu xalqaro turnir uchta yo'nalishda, yani 2x2 (erkaklar va ayollar), 4x4 (erkaklar va ayollar) hamda faxriylar (+40 yosh va +50 yosh) o'rtasida tashkil etildi.

2x2 yo'nalishida vatanimiz sharafini himoya qilgan jamoalarning omadi chopmagan bo'lsa, 4x4 yo'nalishidagi musobaqalarda ishtirok etgan jamoamiz yakunda bosh sovrinni qo'lga kiritdi.

SHuningdek, kecha faxriylar o'rtasida ham musobaqa tashkil etildi. Unda O'zbekiston terma jamoasi azolari faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

Biz ushbu g'alaba bilan vakillarimizni tabriklaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing