So’nggi yangiliklar

14:23Хамзат Чимаев: "БАА менинг юртим, дунёдаги энг яхши давлат" 0 14:02Яна бир футболчимиз Топ-5 чемпионатига йўл олишга яқин турибди 0 13:41Дю Плесси: "Менга Хамзатнинг энг зўр талқини керак" 0 13:20Хамзат Чимаев нега дю Плесси билан жанг олдидан уйдан чиқмаётганини айтди 0 12:59Лос-Анжелес-2028 Олимпиадасида спорт ареналарига ном бериш ҳуқуқи сотилади 0 12:38Суперлига. Бугун бизни бир-биридан "оловли" ўйинлар кутиб турибди 0 12:17Диллиан Уайт ва 20 ёшли иқтидор эгаси Мозес Итаума тарозидан ўтиб олди 0 11:56Хамзат Чимаев: "Дю Плессида бир кун қолди, эртага у мурдага айланади" 0 11:35Cincinnati Open. Карлос Алькараз Рублёвга "чиқиш" эшигини кўрсатиб қўйди 0 11:14Расман! "Ал Насср" яна бир юлдузни ўз сафига қўшиб олди + ФОТО 0 10:53Нодирбек Абдусатторов ва бошқа иштирокчилар Saint Louis Rapid & Blitz турниридан қанча пул ишлаб олишди? 0 10:32Гаджи Рабаданов иштирокидаги PFL 9 турнирининг асосий жанги кутилмаган натижа билан якунланди 0 10:11Дрикус дю Плесси: "Чимаев ҳақиқий маҳлуқ, лекин мен уни уйқуга кетказаман" 0 09:50Францияда ҳам чемпионат старт олди 0 09:29Даврон Файзиев: "Рўзибоевни ҳали рўйхатлардан чиқаришга шошилмаслик керак" 0

13 avg 19:10
Yangiliklar

Futbol

Superkubok. PSJ - "Tottenxem" o'yini oldidan PREVYU

Odatga ko'ra, evrokuboklar mavsumi o'tgan mavsumni yopib beruvchi UEFA Superkubogi uchun o'yin bilan boshlanadi.

CHempionlar Ligasi g'olibi PSJ yoki Evropa Ligasi chempioni "Tottenxem" o'rtasidagi bahsda omad kimga kulib boqadi?


PSJ

1. PSJ tatildan ancha kech qaytdi

Evropaning qator klublaridan, jumladan "Tottenxem"dan, farqli o'laroq parijliklar joriy mavsum deyarli dam olmadi. PSJ klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ham ishtirok etdi va finalga etib bordi. Mavsumning oxirgi o'yinini Franciya poytaxti jamoasi 13 iyulda o'tkazdi — bir oy avval. Tabiiyki, tatildan kechroq qaytgan PSJ yozda o'rtoqlik o'yini o'tkazmadi. Natijada, Luis Enrike shogirdlari hozir qanday sport formasidaligini aytish mushkul. Ammo raqibdan farqli ravishda francuzlarning ustun tomoni — barcha nuqtalar, faqatgina darvozabondan tashqari, o'tgan mavsumdagidek.

2. Donnarumma mash-mashasi davom etmoqda, Zabarniy transferi yakunlandi

Bu yoz parijlilkarning selekciyasida ikki asosiy yo'nalishi bo'lib — darvozabon nuqtasi va yangi markaziy himoyachi xaridi. Darvoza nuqtasi bo'yicha masala hal bo'lgandek - klub "Lill" kiperi Lyuka SHevaleni sotib oldi. U bosh murabbiy Luis Enrikega yoqadi — Janluijji Donnarummadan ko'ra oyoqlari bilan yaxshiroq o'ynaydi. Italiyalik hali ham shartnoma muddatini uzaytirmadi, bitim 2026 yilgacha mo'ljallangan. PSJ darvozabonga yangi shartnoma taklif qildi, lekin tomonlar kelishuvdan ancha yiroq. Bu haqida batafsil yozgandik. Mish-mishlarga qaramay, Donnarumma yangi mavsumni qaerda boshlashi hamon nomalumligicha qolmoqda.

3. PSJning ingliz klublari bilan statistikasi yaxshi

O'tgan mavsum Luis Enrike shogirdlari CHempionlar Ligasida Angliya Premer-Ligasi vakillarini . Eng muhim evrokubok asosiy bosqichining hal qiluvchi o'yinida parijliklar "Manchester Siti"ni mag'lubiyatga (4:2) uchratishdi. Undan keyin ispaniyalik mutaxassis jamoasi tumanli Albion vakillarini musobaqadan chiqarib yubordi. Avvaliga "Liverpul", keyin esa ikki o'yin natijasiga ko'ra "Aston Villa" taslim etildi. Yarim finalda esa "Arsenal" mag'lub etildi. SHu o'rinda KJCH finalida "CHelsi"ga imkoniyat boy berilganini ham unutmaslik lozim. 



"Tottenxem"

1. "Tottenxem" ko'p o'rtoqlik o'yinlar o'tkazdi, ammo eng muhimida imkoniyatni boy berdi

PSJdan farqli o'laroq, "shporlar" yozgi tatilni to'laqonli o'tkazishdi, natijada jamoa yangi bosh murabbiy Tomas Frank boshchiligida o'rtoqlik o'yinlarini reja bo'yicha o'tkazdi. "Tottenxem" mavsumlar oralig'idagi o'rtoqlik maqomidagi musobaqalarda ham kamdan-kam g'olib bo'ladi, shunday ekan Gonkong Kubogi doirasida "Arsenal" ustidan qozolnilgan g'alabani (1:0) yaxshi signal deyish mumkindek. Angliyaning boshqa klublari bilan — "Nyukasl", "Uikomb" va "Luton" — o'yinlarda durang qayd etilgan bo'lsa, "Bavariya"ga yirik hisobda imkoniyat boy berildi (0:4).


2. Qudus va Palinya keldi, ammo Son ketdi, Meddison jarohat oldi

Muhammad Qudus — londonliklarning hujumdagi asosiy umidi. Katta pul evaziga kelgan ganalik "Arsenal"ga qarshi yaxshi o'yin o'tkazdi. Umuman olganda mazkur bahsda jamoa hujumining oxirgi yillardagi ikki muhim figurasi MLSga yo'l olgan Son Xyon Min hamda jarohat sabab maydonga tusha olmaydigan Jeyms Meddisonni ko'rmaymiz. Tarkib borasida gapiradigan bo'lsak, Joau Palinya ijaraga olinganini ham takidlash zarur. KLub Matis Tel va Kevin Dansoni sotib oldi, shu bilan birga yosh himoyachilar Kota Takai va Luka Vushkovichni tarkibiga qo'shib oldi.


3. To'p bilan ko'p muomala qiladigan jamoalarga qarshi "Tottenxem" muammoga duch kelmoqda

Bu fikrga qarshi fakt sifatida "Arsenal" bilan o'yinni keltirishga shoshilmang — u erda "kanonirlar" hali mavsumga butkul tayyor emasdilar hamda optimaldan ancha yiroq tarkib bilan harakat qilgandi. Jamoa o'yiniga baho berish uchun "Bavariya"ga qarshi uchrashuv mosroq. Vensan Kompani shogirdlari — to'pga egalik qilish bo'yicha Evropaning eng yaxshi jamoalaridan biri. SHuning uchun tayanch zonasida Joau Palinya bilan umuman omadsiz o'tgan o'yinga etibor qaratish shart. PSJ ham to'p bilan nemislardan yomon munosabatda bo'lmasligi aniq, demak, inglizlarga yana qiyin bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing