27 may 12:20
Yangiliklar

Thailand Open. Terma jamoamizda ilk mag'lubiyat, bugun 6 nafar bokschimiz jang qiladi
Kun davomida besh nafar o'zbekistonlik charm-qo'lqop ustalari ringga ko'tarilib, yakunda ular orasida Sitora Turdibekova raqibasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Kechagi natijalarimiz:
-60 kg: Madiyar Daniyarov - Jon Napoles (Filippin) 5:0
-90 kg: Elyorbek Jo'raboev - Jung Haneul (Janubiy Koreya) 5:0
-65 kg: Navbahor Hamidova - Kang Sukyoung (Janubiy Koreya) 5:0
-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov - Someya SHoi (Yaponiya) 5:0
-60 kg: Sitora Turdibekova - CHengyu Yang (Xitoy) 0:5.
Bugun chorak final bosqichi doirasida terma jamoamizning olti nafar azosi bahs olib boradi:
-55 kg: Faryozbek Do'smatov - Bartval Pavan (Hindiston) 12:00
-48 kg: Farzona Fozilova - Merlin Tomatala (Indoneziya) 13:15
-54 kg: Feruza Kazakova - Abha Singx (Hindiston) 14:45
-50 kg: SHodiyorjon Meliqo'ziev - Kongkam Singx (Hindiston) 15:00
-65 kg: Sayat Ilyasov - Pidnuch Xunatip (Tailand) 16:00
-80 kg: Samandar Jalolov - Kim Minseong (Janubiy Koreya) 17:15.
Fikrlar