29 may 10:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Kormening fikricha, Xabib faoliyatini juda erta yakunlagan
Ikki divizionda sobiq UFC chempioni Daniel Korme Xabib Nurmagomedovning MMA`dagi faoliyatini erta yakunlagani haqida gapirdi.
"Hali juda erta edi. Menimcha, agar xohlasa, Nurmagomedov bugun ham jang qila olardi. Islam Maxachev — Xabibning davomchisi! Men ikkalasini ham taniyman. Xabibning otasi vafot etgani bu juda katta yo'qotish edi. Ular bu yo'lni birga boshlashgan. Xabibning onasi undan MMA`dagi faoliyatini yakunlashni so'ragandi. Abdulmanapning o'limidan so'ng u onasining so'zlariga amal qildi", deydi Korme.
Xabib Nurmagomedov so'nggi jangini 2020 yilning oktyabr oyida Jastin Getjiga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : Bleacher Report
Fikrlar