So’nggi yangiliklar

19:01"Tashkent Select" молиявий қийинчиликлар туфайли Қозоғистон кубогини ўтказиб юбориши мумкин 0 18:35Мадримовнинг вазнидаги чемпион бошқа вазнга ўтиш ниятида 0 18:10Оғир атлетикачиларимиз Руслан Нурудинов, Акбар Жўраев каби спортчилар билан юлдузли таркибда Туркияга йўл олди 0 17:39Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди 0 17:17Тони Фергюсон проф боксдаги дебют жангини Манчестер шаҳрида блогерга қарши ўтказади 0 16:55Ҳумоюн Султонов Пособлонко Челленжерини нимчорак финал босқичидаёқ якунлади 0 16:28Ҳамюртимиз UAE Warriors 61 турнирида жанг қилади (ПОСТЕР) 0 16:05МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди 0 15:38Дастин Порье Холлоуэйга қарши жанг олдидан ажойиб жисмоний формада эканини кўрсатди 0 15:15Лос-Анжелес-2028 Олимпиадаси 12 июль санасида бошланади — ХОҚ 0 14:39Жон Жонс Оқ уйда бўладиган турнирда қатнашмоқчи эканлигини тасдиқлади 0 14:17МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди 0 13:54Порье Махачев - Топурия эҳтимолий жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:28Терма жамоамиз "Корея Опен" мусобақасини 7 та медаль билан якунлади 0 13:05Дюбуа Усикка қарши жанг олдидан: "Ўзимни енгилмасдек ҳис қиляпман" 0

17 dek 13:06
Yangiliklar

Boks/MMA

To'lqin Qilichev Bahodir Jalolovning jangiga bormaganligi haqida: Olimpiada chempioniga nima o'rgatish mumkin

Teglar :  To'lqin Qilichev
To'lqin Qilichev Bahodir Jalolovning jangiga bormaganligiga izoh berdi.

Murabbiy To'lqin Qilichev yakunlangan O'zbekiston chempionati va Bahodir Jalolovning jangiga nima sababdan bormaganligi haqida gapirdi.

«Avvalo, yakunlangan O'zbekiston chempionati haqida gapisam, o'zbek boksi tarixida ilk bor xalqaro hakamlar janglarni baholab bordi. Ular yurtimizdagi boks muhitini ko'rib hayron bo'lishdi. Bu paytgacha bunaqasini ko'rmaganmiz deb, xursand bo'lib ketishdi. Respublika birinchiligini yakunlab, yangi bir musobaqaga shay turibmiz. Asosiy jangda Isroil Madrimov hammamizni xursand qiladi deb o'ylayman. Ishonamanki, yigitlarning barchasi yuzimizni yorug' qiladi. Bunday darajadagi katta boks oqshomlariga mezbonlik qilishdan asosiy maqsad ham bokschilarimizning ishonchli g'alabaga erishib tezroq chempionlik kamarlari tomon qadam tashlashlaridir.

Bahodir Jalolov bilan nega Dubayga bormadim? O'zbekiston chempionatida yangi nomlarni kashf etish, yoshlarni saralash uchun Bahodirning jangiga bormadim. Rahmatjon akamni jo'natdim. Rahmatjon Ro'zioxunov juda tajribali murabbiy. Bahodirga bu jangda katta etibor shart emas deb o'yladim. CHunki Jalolov Olimpiada chempioni. Olimpiada chempioniga nima o'rgatish mumkin? Kerakli ko'rsatmani aytib tursangiz, hammasini o'zi uddalaydi degan fikrda Rahmatjon akam bordilar va shukurki, ular g'alaba qozonishdi. Bugungi jangda barcha bokschilarimizga omad tilayman», - dedi To'lqin Qilichev.

Reyting:    

Fikrlar

+1   
17 dek 13:24:55
CHELSEA2211
Ja katta ketvorma... Hali narmalni bokschilar bilan ringga chiqmadi...
   
17 dek 16:37:04
Ibroxim
Жошуа йоки Усик билан тушиб колса сиздака мураббийлардаг 10 таси зарур булади лекин аммо бирок...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing