19 iyu 10:54
Yangiliklar

Bugun Parij-2024 Olimpiadasi sovrindorlarimiz Jahon chempionati medallari uchun tatamiga chiqadi
Bugun ayollar o'rtasida +78, erkaklarda esa +100 kg vazn toifasida bellashuvlar tashkil etiladi. Irisxon Qurbonboeva ilk davrada italiyalik raqibasiga qarshi bahs olib boradi. Olimpiya o'yinlari sovrindori Alisher Yusupov senegallik, Muzaffarbek To'raboev esa niderlandiyalik dzyudochi bilan to'qnash keladi.
Medallar uchun so'nggi umidimiz bo'lgan dzyudochilarimizga bugungi masuliyatli bellashuvlarda g'alaba va omad yor bo'lsin. Saralash bahslari bizning vaqt bilan soat 15:00da boshlanadi.
Bugun kurashadigan dzyudochilarimiz:
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva – Erika Simonetti (Italiya)
+100 kg: Alisher Yusupov – Mbangnik Ndiaye (Senegal)
+100 kg: Muzaffarbek To'raboev – Yur Speykers (Niderlandiya)
Fikrlar