So’nggi yangiliklar

14:44UFC собиқ чемпиони Чимаев – дю Плесси жанги учун тахмин билдирди 0 14:23Хамзат Чимаев: "БАА менинг юртим, дунёдаги энг яхши давлат" 0 14:02Яна бир футболчимиз Топ-5 чемпионатига йўл олишга яқин турибди 0 13:41Дю Плесси: "Менга Хамзатнинг энг зўр талқини керак" 0 13:20Хамзат Чимаев нега дю Плесси билан жанг олдидан уйдан чиқмаётганини айтди 0 12:59Лос-Анжелес-2028 Олимпиадасида спорт ареналарига ном бериш ҳуқуқи сотилади 0 12:38Суперлига. Бугун бизни бир-биридан "оловли" ўйинлар кутиб турибди 0 12:17Диллиан Уайт ва 20 ёшли иқтидор эгаси Мозес Итаума тарозидан ўтиб олди 0 11:56Хамзат Чимаев: "Дю Плессида бир кун қолди, эртага у мурдага айланади" 0 11:35Cincinnati Open. Карлос Алькараз Рублёвга "чиқиш" эшигини кўрсатиб қўйди 0 11:14Расман! "Ал Насср" яна бир юлдузни ўз сафига қўшиб олди + ФОТО 0 10:53Нодирбек Абдусатторов ва бошқа иштирокчилар Saint Louis Rapid & Blitz турниридан қанча пул ишлаб олишди? 0 10:32Гаджи Рабаданов иштирокидаги PFL 9 турнирининг асосий жанги кутилмаган натижа билан якунланди 0 10:11Дрикус дю Плесси: "Чимаев ҳақиқий маҳлуқ, лекин мен уни уйқуга кетказаман" 0 09:50Францияда ҳам чемпионат старт олди 0

02 may 15:24
Yangiliklar

Boks/MMA

Tursunoy Rahimova O'zbekiston ayollar terma jamoasi sardori etib saylandi

Teglar :  Tursunoy Rahimova
O'zbekiston boks federaciyasi rahbariyati JCH oldidan terma jamoamiz qizlariga omad tiladi.

Xabaringiz bor, bir necha kundan so'ng Turkiyaning Istanbul shahrida boks bo'yicha ayollar o'rtasidagi jahon chempionati boshlanadi.

Terma jamoamiz azolari mashg'ulotlarning so'nggi bosqichini deyarli o'z yakuniga etkazishdi. Qizlarimiz 6 may kuni Istanbulga yo'l olishadi. SHu munosabat bilan bugun O'zbekiston boks federaciyasi rahbariyati terma jamoamiz vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov ham ishtirok etdi va bokschilarimizga omad tiladi. 

Yig'ilish davomida ayollar terma jamoasiga sardor tayinlandi. Unga ko'ra, terma jamoa azolari bir ovozdan tajribali Tursunoy Rahimovani sardor etib saylashdi. Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi bo'lgan Tursunoy bildirilgan ishonchga javoban, jamoadoshlarini o'z ortidan ergashtira olishi, JCHdan medal bilan qaytishi haqida gapirdi.

"Bo'lajak jahon chempionatida 10 ta vazn toifasida ishtirok etamiz. Avval ham aytib o'tganimizdek, jismoniy va ruhiy tayyorgarlikka katta etibor qaratilgan. JCHga tayyorgarlik ko'rishimiz uchun barcha sharoitlar yaratib berildi. Bundan mamnunmiz.

Hozirda holatimiz yaxshi deb hisoblayman. Kecha o'tkazilgan yig'ilishda O'zbekiston ayollar terma jamoasi sardori etib saylandim. Bu menga qo'shimcha masuliyat yuklaydi. Terma jamoa sardori sifatida shuni ayta olamanki, Xudo xohlasa jahon chempionatida o'zimizga bildirilgan ishonchni oqlab, O'zbekistonga tarixiy natija bilan qaytamiz", - dedi Tursunoy Rahimova.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing