13 avg 12:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Mujibillo Tursunov va Ayubxon Baxtiyorov bugun WBC Gran-prisida navbatdagi jangini o'tkazishadi
Bugun Saudiya Arabistoni Ar-Riyod shahrida boks bo'yicha WBC Gran-prisining navbatdagi bosqichi boshlanadi.
Ahamiyatlisi, kun davomida ikki nafar hamyurtimiz — Mujibillo Tursunov va Ayubxon Baxtiyorov navbatdagi janglarini o'tkazishadi.
Gran-prining superengil vazn toifasidagi bahslarida ishtirok etayotgan Tursunov chorak final bosqichida Meksika vakili Mishael Kabrera bilan to'qnash keladi.
Baxtiyorovga esa yarim final yo'lida meksikalik Brendon Meyjiya raqib bo'ladi. CHarm qo'lqop ustalarimiz ishtirokidagi janglar bizning vaqt bilan taxminan soat 16:00 dan keyin boshlanishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar