So’nggi yangiliklar

17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0 13:35Жейк Пол: "WBA ва WBC мени рейтингга киритиш устида ишламоқда" 0 13:14ХОҚ Лос-Анжелес-2028 Олимпиадасидан ўрин олган спорт турлари дастурини расман тасдиқлади. Океан ортидаги ўйинлар учун 6 та янги спорт тури қўшилди 0 12:53Бугун Асламжон Ортиқов Таиландда жанг қилади 0

14 noy 11:31
Yangiliklar

Qilichbozlik

Vladimir Nazlimov: Sportdagi eng muhim omil – bu xarakter

Teglar :  Vladimir Nazlimov
Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tashabbusi bilan O'zbekistonda qilichbozlikni rivojlantirish istiqbollari mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda Milliy olimpiya qo'mitasi vakillari, O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi rahbariyati, murabbiylar, sportchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab federaciya bosh kotibi Gulnora Saidovaga so'z berildi. Mutaxassis pandemiya davrida mamlakat federaciyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, qilichbozlar ishtirokidagi onlayn tarzda tashkil etilgan mashg'ulotlar va musobaqalar haqida so'zlab berdi. SHuningdek, u tadbir ishtirokchilariga ananaviy o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish, so'nggi yillarda milliy terma jamoaning qurol-anjomlar bazasi yangilanishi natijasida kattalar va kadetlar o'rtasida respublika turnirlari yuqori saviyada o'tayotgani to'g'risida malumot berdi. Xuddi shuningdek, bugungi kunda asosiy etibor o'smirlar va kadetlarga qaratilgani takidlandi.

SHundan so'ng, qilichbozlik bo'yicha uch karra Olimpiya chempioni, o'n karra jahon chempioni, O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi (sablya) Vladimir Nazlimov o'z fikr-mulohazalarini bildirdi. Vladimir Aliverovich o'z nutqida uzoq yillik murabbiylik tajribasi bilan o'rtoqlashdi, tadbir qatnashchilariga milliy terma jamoaning muhim mashg'ulot jarayonlari, mamlakatimizda sport sohasiga ko'rsatilayotgan etibor va yaratilgan sharoitlar haqida so'zlab berdi.

“Sportdagi eng muhim omil – bu xarakter. Avval ham, hozir ham sportga etarlicha etibor qaratilgan, hech narsa o'zgarmagan. Avvalgi davr sportchilari qiyinchilikka qaramay, o'z maktabi va o'ziga xos xarakterini yaratishgan. O'zbekistonda sportga qaratilayotgan etibor meni xursand qiladi. Mamlakat murabbiylari qilichbozlik haqida etarlicha malumotga ega. Ammo g'alaba qozonish uchun katta xohish va istak ham bo'lishi kerak. Murabbiylar jonkuyar pedagoglar sanaladi, shu jihatdan shogirdlarining natijasi ularning kasbiy mahoratiga bevosita bog'liq», – dedi Vladimir Nazlimov.

Suhbat davomida Vladimir Aliverovich Xalqaro qilichbozlik federaciyasi prezidenti Alisher Usmonov va uning ushbu sport turini rivojlantirishga qo'shayotgan hissasi to'g'risida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Alisher Burxonovichning aniq va uzoqni ko'ra oladigan rahbarligi ostida Xalqaro qilichbozlik federaciyasi – FIE o'z geografiyasini kengaytiryapti. SHu tarzda qisqa vaqt ichida u qilichbozlik rivojlanayotgan mamlakatlar safini kengaytirdi. 90-yillar boshida qilichbozlik Olimpiya dasturida yashab qolishi gumon bo'lgan sport turlaridan biri edi. Ammo shu insonning say-harakati, o'z vaqtida qabul qilgan aniq chora-tadbirlari tufayli butun dunyoda qilichbozlik bosqichma bosqich rivojlana boshladi. Buning yorqin namunasi sifatida Olimpiya o'yinlari dasturiga ayollar sablyasining kiritilishi bo'ldi. Endilikda Tokio-2020 Olimpiadasida ham qilichbozlikning barcha yo'nalishlari – rapira, shpaga va sablya bo'yicha medallar jamlanmasi o'ynaladi. Bir vaqtlar butun dunyo buni deyarli imkonsiz, deb hisoblar edi. Ammo barcha to'siqlarga qaramay, Alisher Usmonov yuqoridagi yutuqlarga erishdi. Haqiqiy vatanparvar sifatida u O'zbekistonda qilichbozlikni rivojlanishiga ham o'z hissasini qo'shib kelmoqda».

Mutaxassis matbuot anjumani ishtirokchilari savollariga ham javob qaytardi.

Tadbir davomida O'zbekistonda qilichbozlikni rivojlantirish istiqbollari, o'tmishdagi natijalar va qilichbozlik mavsumining hozirgi tafsilotlari, milliy terma jamoa azolarini bo'lajak xalqaro musobaqalarga tayyorlash, shuningdek, “Xanchjou-2022” Osiyo o'yinlari va «Parij-2024» Olimpiya o'yinlari oldidan qo'yilgan maqsadlar muhokama qilindi.

Anjuman yakunida sog'lom turmush tarzini ommalashtirish, aholi o'rtasida olimpiya harakati va qilichbozlikni rivojlantirish, yosh avlodni barkamol bo'lib voyaga etishini taminlashga qo'shgan ulkan hissasi va 75 yoshga kirishi munosabati bilan Vladimir Nazlimov Milliy olimpiya qo'mitasi nomidan Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing