16 iyu 08:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichko Fyuri bilan revansh uchun ringga qaytishni istamoqda
Amerikalik murabbiy Jeyms Ali Bashirning malum qilishicha, sobiq og'ir vazn chempioni, 49 yoshli ukrainalik Vladimir Klichko ringga qaytishni istamoqda.
U Tayson Fyuriga qarshi revansh jangi uchun boksga qaytmoqchi.
"Men Vladimir bilan 8-9 kun avval gaplashdim. Hozircha u Usikning nima qilishini kutmoqda. Lekin bir narsani aniq bilaman: u ringga qaytib, Tayson Fyuriga qarshi revansh o'tkazmoqchi. U bu jangni juda ham xohlaydi", — dedi Ali Bashir Seconds Out’ning YouTube kanalida.
Havola :
Manba : Seconds Out
Fikrlar