03 fev 08:12
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				
				
			
				Klichko Jorj Formanning rekordini yangilamoqchi
Ukrainalik sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko superog'ir vazn toifasi tarixidagi eng keksa chempion sifatida Jorj Formanning rekordini yangilash istagida ekanini malum qildi.
			Bu haqda ukrainalik taniqli menejer Aleksandr Krasyuk xabar bermoqda. Uning aytishicha, Klichko bu yo'lda vatandoshi, bugungi kun og'ir vazn toifasi chempioni Aleksandr Usik bilan ham jang qilishi mumkin ekan.
"Kelajakda nima bo'lishini bilmaymiz. Ko'p narsa Parker — Dyubua jangiga bog'liq. Ammo Vladimir Klichkoning og'ir vazn toifasi tarixidagi eng keksa chempion bo'lib, Jorj Formanning rekordini yangilash niyatida ekanini ham eshitdik. Bu erda qaror qabul qilishning aniq jarayoni yo'q, lekin bu muxlislar orzusidagi reja. Hammasi Parker — Dyubuaga bog'liqligini tasdiqlagan Turki al ash-SHeyxdan eshitganimizdek, bu shunchaki fikr emas, balki imkoniyatdir", dedi Krasyuk.
            Havola            :         
                    Manba                : championat.com
            
			
Fikrlar