So’nggi yangiliklar

19:06Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди 0 18:45Александр Усик ўзининг заиф томонини айтди 0 18:24Рафаэль Надаль: "Жотанинг оиласига ҳамдардман" 0 18:01Жасур Мирзамуҳаммедов жангларга қайтмоқда 0 17:39Расман: Жасур Жалолиддинов — "Сўғдиёна" футболчиси! 0 17:17Боксчи йигитларимиз нима учун Қозоғистондаги Жаҳон кубогига боришмади? Бокс федерацияси бунга муносабат билдирди 0 16:54Темиров: "Пантожанинг кейинги рақиби мен бўламан" 0 16:30Макгрегор 10 йиллик қамоқ ҳақидаги хабарларга жавоб қайтарди 0 16:07Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас" 0 15:45Дастин Порье: "Бу охирги имконият. Чиройли тарзда кетмоқчиман" 0 15:23Конор Макгрегорга 10 йиллик қамоқ жазоси таҳдид солмоқда 0 15:02Усикнинг жамоасида Фьюрининг учинчи жанг ҳақидаги сўзларига муносабат билдиришди 0 14:41Бугун Мираброр Усмонов ҳаёт бўлганида 78 ёшини қарши олар эди 0 14:20Умар Кремлёв бокс бўйича жаҳон чемпиони 1 миллион долларга эга бўлишини айтди 0 13:59IBF Бивол учун мажбурий даъвогарни эълон қилди 0

01 iyu 12:17
Yangiliklar

Kurash

Vodilda kurash va belbog'li kurash bo'yicha ananaviy musobaqa boshlandi

Teglar :  KurashVodil
Ayni daqiqalarda Farg'ona tumanining so'lim va obod Vodil qishlog'idagi “CHinor tagi” istirohat bog'ida katta kurash bayrami bo'lib o'tmoqda.

Aniqrog'i, shu qishloqda tug'ilib voyaga etgan, kurash muxlislari qalbidan joy olgan, o'z davrining nomdor polvonlari bo'lgan - Xamid va Temir polvonlar xotirasi uchun hamda 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan belbog'li kurash va kurash bo'yicha ananaviy respublika ochiq turniri o'tkazilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi,  kurash va belbog'li kurash federaciyalari taqvim-rejasidagi mazkur ochiq turnirda mamlakatimiz va qo'shni Qirg'iziston, Tojikiston respublikalaridan 300 nafarga yaqin polvon ishtirok etmoqda. 

Yuqori saviyada tashkil etilgan mazkur turnirda polvonlar belbog'li kurash bo'yicha 55 kg., 60 kg., 66 kg., 73 kg., 81 kg., 90 kg., 100 kg., +100 kg. vazn, kurash bo'yicha erkaklar 60 kg., 66 kg., 73 kg., 81 kg., 90 kg., +90 kg., ayollar esa 52 kg., 63 kg. hamda +63 kg. vazn toifalarida bellashishmoqda. 

Har ikkala sport turi bo'yicha bellashuvlar bugun kun bo'yi davom etadi. Turnir yakuniga etgach, batafsil jarayonlar bilan tanishtirib o'tamiz.

Ilhom RAHMONOV Vodil qishlog'idan tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing