So’nggi yangiliklar

18:57Али Абдел-Азиз: "Перейра UFC лойиҳаси, уни сунъий равишда шиширишган" 0 18:36"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди? 0 18:15DCC: "UFC`да бундан каттароқ жангни тасаввур қила олмаяпман" 0 17:54Санжар Зокировга чемпионлик жанги таклиф қилинди 0 17:33Богачук кейинги жангини Канело — Кроуфорд оқшомида ўтказади 0 17:12Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор 0 16:51Теннисчимиз янгиланган WTA рейтингида 104 поғонага кўтарилди, Топ-10`да янгилар 0 16:30Дастин Порье: "Катта шов-шув билан кетмоқчиман, лекин бу чокларсиз бўлмайди" 0 16:09Аълохон Абдуллаев Шоҳжаҳон Эргашев ташкил этаётган бокс турнирининг марказий жангида рингга чиқади + (Тўлиқ кард) 0 15:48ДХХ кубогининг Тошкент вилоят босқичи ғолиби аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:27Боксчи қизларимиз Хитойга йўл олишди 0 15:06Спортчилар ижтимоий тармоқларда қайтди 0 14:45Менежер Анкалаев - Перейра реванши қачон бўлишини айтди 0 14:24“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди 0 14:03Дастин Порье қайси рақибларининг зарбаси энг кучли бўлганини айтди 0

20 noy 15:50
Yangiliklar

Voleybol

Voleybol: ayollar o'rtasida O'zbekiston superkubogi g'olibi aniqlandi

Teglar :  Voleybol
Kecha Olmaliq shahridagi Metallurg sport majmuasida voleybol bo'yicha O'zbekiston superkubogi bahslariga start berildi.

Erkaklar o'rtasidagi bahsda amaldagi O'zbekiston chempioni va kubogi egasi Samarqandning «O'ztelekom» jamoasi chempionatning kumush medali sohibi OTMK jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Qizg'in va murosasiz kechgan o'yinda mahorat va tajriba o'z so'zini aytdi. Garchi OTMK jamoasi o'z uyida harakat qilgan bo'lsada, yakunda 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ayollar o'rtasida esa bugunning o'zidayoq O'zbekiston superkubogi sohibi aniqlandi. Unda kutilmaganda mamlakat chempioni va kubogi sohibi O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining SKUF jamoasi Nukus davlat pedagogika instituti voleybolchi qizlariga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Kecha bo'lib o'tgan dastlabki o'yinda nukuslik voleybolchi qizlar 3:1 hisobi bilan g'alaba qozonishgan bo'lsa, hozirgina yakuniga etgan bahsda ular yanada ishonchli hisobda g'olib chiqishdi: SKUF – NDPI – 0:3. SHu tariqa ayollar o'rtasida O'zbekiston superkubogi Qoraqalpog'iston Respublikasiga yo'l oladigan bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston superkubogida o'yinlar ikki g'alabagacha davom etadi. Agar bugun erkaklar o'rtasidagi ikkinchi o'yinda ham «O'ztelekom» g'alaba qozonsa, u holda bosh sovrin Samarqandga yo'l oladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing