So’nggi yangiliklar

15:02Симоне Индзаги "Ал Ҳилол"да тўрт нафар футболчидан қутилмоқчи 0 14:41Волкановски: "Қўлқопларимни яқин орада михга иламан" 0 14:20Оғир атлетикачиларимиздан ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида навбатдаги 16 та медаль! 0 13:59Одилхон Alash Pride'да жанг қилади 0 13:38Трамп Клублар ўртасидаги ЖЧ финалига келади 0 13:17Волкановски: "Мен ҳар доим пул учун жанг қилганман" 0 12:56Николай Валуев 15 йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилинди 0 12:35Аҳмадалиев — Иноуэ жанги манзили ўзгарди 0 12:14Виктор Гёкерешнинг "Арсенал"даги маоши маълум 0 11:53Шахматчиларимиз FIDE Жаҳон кубогининг иккинчи босқич илк учрашувларини ўтказишди 0 11:32Уимблдон. Новак Жокович 1/2 финалда 0 11:11Бугун Тошкентда проф бокс оқшоми ўтказилади (Кард, бошланиш вақти ва трансляция бўйича маълумотлар) 0 10:50"Рома" Шомуродовнинг ўрнига АПЛда ўтган мавсум 1 та гол урган футболчини олиб келмоқчи 0 10:29Цзю ўзи жанг қилиш истагида бўлган уч рақиб номини айтди 0 10:08Классикларимиз Осиё чемпионатининг илк куни 2 та медалга эга чиқишди 0

13 sen 08:46
Yangiliklar

Voleybol

Voleybol. Yaponiyadagi Osiyo chempionatida terma jamoamizdan kutilgan start

Yaponiyaning CHiba shahrida voleybol bo'yicha erkaklar jamoalari o'rtasida Osiyo chempionatiga start berildi.

Qita chempionatida 16 jamoa 4 guruhga bo'lingan holda bahslarga kirishdi. 

Erkaklar o'rtasida Osiyo chempionati

“A” guruhi: Yaponiya, Hindiston, Qatar, Bruney,

“B” guruhi: Eron, Pokiston, Tailand, Gonkong,

“S” guruhi: Avstraliya, Xitoy, O'zbekiston, Quvayt,

“D” guruhi: Janubiy Koreya, Xitoy taypeyi, Qozog'iston, Saudiya Arabistoni.

Afsuski, vakillarimiz guruh bosqichini Avstraliya terma jamoasiga qarshi boshlashdi va o'yinda 0:3 hisobida yutqazib qo'yishdi. Hamyurtlarimiz ancha nomdor hisoblangan “Yashil qita” vakillariga 16:25, 19:25, 19:25 hisoblarida imkoniyatni boy berishdi. Guruhdagi ikkinchi o'yinda esa Xitoy terma jamoasi Quvaytni 3:0 hisobida engdi.

Birinchi turdan so'ng Avstraliya terma jamoasi 3 ochko bilan 1-o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi o'rindagi Xitoy hisobida ham shuncha ochko bor. Vakillarimiz esa qo'shimcha koefficientlarga ko'ra Quvaytni ortda qoldirgan holda uchinchi pog'onadan joy olishgan.

Ayni shu daqiqalarda vakillarimiz 2-tur doirasida Xitoyga qarshi maydonga tushishgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing