So’nggi yangiliklar

18:23Жон Жонс қайтишига ишора қилди 0 18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0 13:29Жаҳон кубоги. Бугун тўрт боксчимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0

23 iyu 07:22
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Xalqaro "Olimpiya kuni”ning 127 yilligi muborak!

Teglar :  Olimpiya kuniMOQ
Asrlar osha do'stlik, halollik, beg'arazlik ruhini saqlab kelayotgan Olimpiya o'yinlarini o'tkazish g'oyasi inson tafakkuri ijodiga mansub.

Bundan roppa-rosa 127 yil avval baron Per de Kuberten boshchiligida Olimpiadani tiklash uchun eng katta qadam qo'yildi, yani 1894 yilning 23 iyun kuni Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ)ga asos solindi. O'shandan beri to shu kungacha ushbu sana Xalqaro "Olimpiya kuni" sifatida nishonlab kelinadi.

Bugungi kunga kelib “Olimpiya kuni” dunyoda eng ommaviy tarzda nishonlanadigan sport bayramlaridan biriga aylangan. Har yili Xalqaro Olimpiya qo'mitasiga azo 205 davlatda o'tkaziladigan sport va salomatlik bayramida millionlab insonlar bevosita ishtirok etishmoqda. Ushbu tadbirni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad – aholi orasida sog'lom turmush tarzi hamda Olimpizm g'oyalarini keng targ'ib etish, katta-yu, kichik qalbida jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan mehrni yanada yuksaltirishdan iborat.

Mamlakatimizda aholi o'rtasida sportni ommalashtirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, jahon arenalarida sportchilarimizning munosib ishtirok etib, yuqori marralarni zabt etishi uchun shu kunga qadar Prezidentimizning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga oid o'ndan ortiq farmon va qarori, ular asosida Vazirlar Mahkamasining ko'plab qarorlari qabul qilinmoqda.

Kechadan etiboran ushbu sanaga bag'ishlab bir qator federaciyalarimiz tomonidan turli bayram tadbirdari tashkil etilmoqda. Bu esa musobaqalarga chanqoq bo'lib turgan atletlarimizning ruhiyatini oshirishga, ular orasidagi halol raqobatni, sog'lom turmush tarzini yanada rivojlantirishga turtki bo'lmoqda.

Fursatdan foydalanib, sport va sog'lom turmush tarziga befarq bo'lmagan barcha yurtdoshlarimizni Xalqaro “Olimpiya kuni”ning 127 yilligi bilan tabriklaymiz. Sport hamisha hayotingizning ajralmas bo'lagi bo'lib qolsin!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing