So’nggi yangiliklar

13:55"Биз қотиллик учун судланишимиз мумкин". Усикнинг менежери қандай ҳолатда Жейк Полга қарши жанг бўлишини айтди 0 13:31"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин 0 13:10Бугун 15 нафар ўзбекистонлик спортчи Универсиада медали учун баҳс олиб боради (Тўлиқ рўйхат) 0 12:48Дана Уайт Жон Жонсни Оқ уйдаги турнирда кўришни истамаяпти, Жонс эса бунга муносабат билдирди 0 12:25Универсиада-2025. Бешинчи кундан сўнг медаллар жамғариш рейтингида нечанчи ўриндамиз? 0 12:03"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса... 0 11:42Богдан Гусков Абу-Дабига етиб борди 0 11:21Султонов Сеговия турнирида эски таниши билан уч сетлик учрашув ўтказди 0 11:00"Муроджон Ахмадалиев Иноуэни муддатидан олдин енгиши мумкин" - мураббий 0 10:39Мираброр Усмонов кубоги-2025. Бугун Ўзбекистон - Саудия Арабистони ўйини бор 0 10:18"Мен ўзимни энг зўриман деб ўйламайман". Усик ўзини нега тарихдаги энг зўр деб ҳисобламаслигини тушунтирди 0 09:57Макс Холлоуэй Топурия билан реванш жанг ҳақида гапирди 0 09:36Шоҳжаҳон Эргашев: "Бундан буён фақат кучли боксчилар билан жанг қиламан" 0 09:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди 0 08:54UFC 321 турнири учун яна бир рейтинг жанги қўшилди 0

19 jan 11:36
Yangiliklar

Kurash

Xalqaro Press klub Kurash sportini yanada ommalashtirishda hamkorlik qiladi

2022 yil Kurash sporti rivojidagi yangi davrni boshlab berdi.

Joriy yilda Xalqaro Kurash associaciyasi va qitaviy konfederaciyalar taqvim rejasidan 50 dan oshiq nufuzli tadbirlar o'rin olgan. Mart oyida Kurash vatani – O'zbekistonda kattalar va yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tsa, sentyabr oyida Xitoyning Guanjou shahri Yozgi Osiyo o'yinlariga mezbonlik qiladi. 

Noyabrning yakunlarida esa Hindistonda Kurash bo'yicha kattalar o'rtasida Jahon chempionlari nomi aniqlanadi. SHuningdek, joriy yilda yurtimizda va Ko'hna qita Evropada bir necha bora O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnirlar, Kurash murabbiylari va hakamlarining xalqaro seminarlari tashkil etiladi. 

Kecha Xalqaro Kurash associaciyasida bo'lib o'tgan yig'ilishda ham mazkur musobaqalarni eng yuqori darajada tashkil etish, sevimli sportimizni xalqaro maydonda yanada rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilindi. 

Yig'ilishda Xalqaro Kurash associaciyasi va uning tarkibidagi Osiyo-Okeaniya Kurash konfederaciyasi, Xalqaro kurash instituti, O'zbekiston Kurash federaciyasi rahbarlari, Xalqaro press klub va OAV vakillari ishtirok etishdi. 

Darhaqiqat, Kurash asrlar davomida O'zbek xalqining eng ommaviy va sevimli milliy o'yinlari qatorida ezozlab kelingan. Kurash- yakka kurashning qadimiy turi bo'lib, tarixiy malumotlarga ko'ra uning yoshi uch ming yillikdan ortiqqa borib taqaladi. 

Kurash – o'zbekcha so'z bo'lib, g'alabaga halol yo'l degan manoni bildiradi. Bugungi kunda Xalqaro Kurash associaciyasii tarkibida 130 dan ziyod davalatlar milliy federaciyalari faoliyat yuritadi. 

O'zbekiston hukumatining qo'llab-quvvatlashi va Associaciya rahbariyati say-harakatlari bilan Kurash sporti Osiyo o'yinlarining barcha Dasturlaridan rasman o'rin egallagan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 noyabr kuni “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4881-son qarori qabul qilindi. 

Mazkur qaror Kurash sportining rivoji yo'lidagi yangi davrni boshlab berdi. Qaror asosida Associaciya va uning tarkibidagi milliy federaciyalarni qo'llab-quvvatlash, professional kurashchi va mutaxassislarni tayyorlash, Kurash sportini yanada ommalashtirish, respublika va xalqaro media maydonda keng targ'ib qilish, kelajakda Kurashni Olimpiyada o'yinlari Dusturiga kiritish borasida manzilli chora-tadbirlar belgilab berilgan. 

Yig'ilish davomida mazkur ishlarni tashkil etishda o'zaro hamkorlik, bir jamoa sifatida faoliyat yuritish muhimligi alohida takidlandi. Xalqaro Press klub tomonidan Kurash sportini keng targ'ib qilish, ommalashtirish bo'yicha Osiyo-Okeaniya Kurash konfederaciyasi va O'zbekiston Kurash federaciyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing