So’nggi yangiliklar

19:06Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди 0 18:45Александр Усик ўзининг заиф томонини айтди 0 18:24Рафаэль Надаль: "Жотанинг оиласига ҳамдардман" 0 18:01Жасур Мирзамуҳаммедов жангларга қайтмоқда 0 17:39Расман: Жасур Жалолиддинов — "Сўғдиёна" футболчиси! 0 17:17Боксчи йигитларимиз нима учун Қозоғистондаги Жаҳон кубогига боришмади? Бокс федерацияси бунга муносабат билдирди 0 16:54Темиров: "Пантожанинг кейинги рақиби мен бўламан" 0 16:30Макгрегор 10 йиллик қамоқ ҳақидаги хабарларга жавоб қайтарди 0 16:07Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас" 0 15:45Дастин Порье: "Бу охирги имконият. Чиройли тарзда кетмоқчиман" 0 15:23Конор Макгрегорга 10 йиллик қамоқ жазоси таҳдид солмоқда 0 15:02Усикнинг жамоасида Фьюрининг учинчи жанг ҳақидаги сўзларига муносабат билдиришди 0 14:41Бугун Мираброр Усмонов ҳаёт бўлганида 78 ёшини қарши олар эди 0 14:20Умар Кремлёв бокс бўйича жаҳон чемпиони 1 миллион долларга эга бўлишини айтди 0 13:59IBF Бивол учун мажбурий даъвогарни эълон қилди 0

01 iyu 07:43
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Osiyo o'yinlari

Xanchjou-2022, Parij-2024: Badmintonchilarimizning rejalari muhokama markazida

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyati Olimpiya sport turlari bo'yicha federaciya va associaciyalarimizning Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga olib borayotgan tayyorgarlik rejalarini o'rganib chiqishda davom etadi.

MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov O'zbekiston badminton federaciyada ana shunday rejalarni muhokama qildi. MOQ rahbarini federaciya bosh kotibi Onajon Jumaniyazova qarshi oldi. Suhbatda, shuningdek, 3 nafar murabbiy va MOQ mutasaddilari ham ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida Rustam SHoabdurahmonov mamlakatimizda ommaviy sport targ'ibotini badminton misolida yanada kuchaytirish, sportchilarimiz mahoratini oshirish bo'yicha o'z tavsiyalarini berib o'tdi. Bu borada badmintonchilarimiz uchun xalqaro musobaqa va o'quv-mashg'ulotlarini yo'lga qo'yish, shu asosda puxta reja ishlab chiqish lozimligi, hukumatimiz tomonidan professional sportdagi yutuqlarni ko'paytirish uchun ishlab chiqilayotgan rejalar har tomonlama qo'llab-quvvatlanayotgani takidlandi.

SHuningdek, federaciya mutasaddilariga Osiyo va Olimpiya o'yinlari uchun tuzilgan rejalarni yanada boyitish, terma jamoalarning moddiy texnik bazasini kuchaytirish bo'yicha topshiriqlar berildi. O'z navbatida, murabbiylar tomonidan aytilgan kamchilik va muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish bo'yicha fikrlar bildirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing