So’nggi yangiliklar

17:20Енгилмас UFC жангчиси Майкл Моралес рейтингда Топ-10`га кириб олди 0 16:59IBA.PRО раҳбари: "Пакьяонинг қайтиши? WBC`нинг фикрлаши — 0!" 0 16:38ЎФА мураббийлар кенгаши йиғилишида МТЖнинг ЖЧ саралаши ва U-17 термасининг мундиалга тайёргарлиги муҳокама этилди 0 16:17Разамбек Жамалов ўнинчи бор жарроҳлик столига ётди + ФОТО 0 15:56WTA рейтинги. Бир неча йилдан сўнг Ўзбекистонинг биринчи ракеткаси ўзгарди, рейтингга яна бир ўзбек қизи киритилди 0 15:35Octagon League собиқ чемпиони Муҳаммаджон Қурбонов қайтмоқда. Унинг рақиби Бразилиядан (ПОСТЕР) 0 15:14Аббос Файзуллаев кечаги хатоси учун ЦСКА мухлисларидан кечирим сўради (ФОТО) 0 14:53Андижонлик хоккейчилар мамлакат чемпиони бўлишди 0 14:32Жон Жонс ММАдаги фаолияти ҳақида: "Бўлди, етар, мен якунладим" 0 14:11Рим "Мастерс" ва Рим WTA 1000 турнирлари иштирокчилари қанча пул мукофоти ишлаб олишди? 0 13:50Бразилиялик афсона ёнғин оқибатида касалхонага тушиб қолди 0 13:29Саидёқуб Қаҳрамонов Жон Жонсга тегишли Лигада UFC вакили билан жанг қиладиган бўлди + ПОСТЕР 0 13:08Фомин Тбилиси "Челленжер" турнирининг асосий тўрида ҳам зафар қучди 0 12:47Sharjah Masters. Бугун 4-турда яна ўзбек дербисига гувоҳ бўламиз 0 12:26Модричнинг "Реал"даги келажаги маълум 0

19 may 14:22
Yangiliklar

Boshqalar

“Yangi O'zbekiston olimpiya cho'qqilari” navbatdagi bosqich musobaqalariga hududlarda yuqori tayyorgarlik ko'rilmoqda

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan respublikamiz bo'ylab tashkil etilayotgan "Yangi O'zbekiston Olimpiya cho'qqilari" sport musobaqalarining mintaqa bosqichlari shiddatli bahslarga boy tarzda bo'lib o'tmoqda.

Mazkur musobaqaning engil atletika sport turi bo'yicha mintaqa bosqichlarlarini o'tkazish uchun hudulardagi sport inshootlarining tayyorgarlik holatlari Engil atletika bo'yicha Respublika oliy sport mahorat maktabi direktori Dilshod Avazov tomonidan ko'zdan kechirildi. 

Xususan, Toshkent shahri, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridagi mavjud sport maydonlari, engil atletika sport turning dasturlarini kamchiliklarsiz tashkil etish uchun sport jihozlarining mavjudligi va sportchilar uchun zarur shart-sharoitlar o'rganilib, tashkil etilishi zarur bo'lgan ishlar yuzasidan takliflar berildi.

Jumladan, Samarqand viloyatidagi Sportning o'yin turlari va engil atletika bo'yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi, Zomin tumani sport maktabi, Jizzax shahri olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi kabi manzillarda engil atletika dasturlariga kiritilgan yo'nalishlardagi musobaqalarni kamchiliklarsiz o'tkazish zarurligi takidlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing