20 may 14:11
Yangiliklar

Rim "Masters" va Rim WTA 1000 turnirlari ishtirokchilari qancha pul mukofoti ishlab olishdi?
Tashkilotchilar tomonidan tasdiqlangan malumotga ko'ra, Rim "Masters" turniri chempioni Karlos Alkaraz 985,030 evro, vice-chempion Yannik Sinner 523,870 evro mukofot puliga ega bo'lgan. Rim WTA 1000 turniri g'olibasi Jasmine Paolini 877,390, finalchi Koko Goff 456,735 evroga boyib olgan.
Quyida har ikki turnirning barcha bosqichlar uchun belgilangan pul taqsimotlari bilan tanishing.
Rim "Masters". Erkaklar
Birinchi davra: € 20,820
Ikkinchi davra: € 30,895
Uchinchi davra: € 52,925
To'rtinchi davra: € 90,445
1/4 final: € 165,670
1/2 final: € 291,040
Finalchi: € 523,870
CHempion: € 985,030
Rim WTA 1000. Ayollar
Birinchi davra: € 13,150
Ikkinchi davra: € 21,215
Uchinchi davra: € 38,313
To'rtinchi davra: € 66,110
1/4 final: € 124,700
1/2 final: € 240,380
Finalchi: € 456,735
CHempion: € 877,390
Fikrlar