20 may 15:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Octagon League sobiq chempioni Muhammadjon Qurbonov qaytmoqda. Uning raqibi Braziliyadan (POSTER)
O'zbekistonlik MMA jangchisi, yarimengil vazn toifasida Octagon League sobiq chempioni Muhammadjon Qurbonov faoliyatini yangi tashkilotda davom ettiradi.
Uning Naiza FC Ligasi bilan hamkorlikdagi ilk jangi 30 may kuni bo'lib o'tadi. Naiza 73 turniri doirasida Qurbonovga braziliyalik Robson Kavalkante raqiblik qiladi.
Malumot uchun, 33 yoshli Muhammadjon Qurbonov faoliyati davomida 16 ta jang o'tkazib, 12 g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan. U 2023 yil oktyabr oyida Octagon League'dagi so'nggi jangini o'tkazgan bo'lsa, oradan bir yildan ko'proq vaqt o'tib, Tailandda jang qildi. Kavalkante hisobida esa 25 ta g'alaba va 18 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar