So’nggi yangiliklar

19:01Махачев кейинги жанги санаси ҳақида: "90 фоизга аниқ" 0 18:39"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр 0 18:17"Бу — маркетинг". Ислам Махачев нега P4P рейтингда пасайганига жавоб берди 0 17:53Пётр Ян — Мераб Двалишвилига: "Умид қиламан, чемпионлик учун жанг қиламиз" 0 17:25Богдан Гусковнинг 4 дақиқадан кўпроқ давом этган жанги статистикаси қандай бўлди? 0 17:02Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди 0 16:40Пётр Ян Умар Нурмагомедов билан Қатарда жанг қилиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 16:19Шара Буллет жангидан сўнг шифохонага олиб кетилди 0 15:59Богдан Гусковнинг ғалабали серияси 4 тага етди 0 15:35Германиядан хушхабар: Енгил атлетикачимиз Шарифа Давронова олтин медални қўлга киритди 0 15:32ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин 0 15:11Асу Алмабаев кейинги рақиби ким бўлишини айтди. У Рамазон Темировми? 0 14:49Богдан Гусков кейинги рақиб ким деган саволга жавоб берди 0 14:28Ulaanbaatar Grand Slam. Умар Бозоров япониялик дзюдочига қарши финал беллашувини ўтказди 0 14:07Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди 0

17 fev 09:18
Yangiliklar

Yanvar oyida 16 ta federaciya + "Olimpik" klubi 7 897 416 763 so'm sarflabdi

Milliy olimpiya qo'mitasi 2022 yil yanvar oyi uchun terma jamoalarimizning Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarligi uchun sarflangan mablag'lar to'g'risida malumot taqdim etdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 noyabrdagi “2024 yil Parij shahrida (Franciya) bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risida”gi PQ-5281 sonli qaroriga muvofiq Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi boshchiligida sport federaciya (uyushma)lar tomonidan tayyorgarlik ishlari tizimli ravishda boshlab yuborildi.

2021 yil 30 dekabrdagi “2022 yil uchun O'zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to'g'risida”gi O'RQ-742-sonli Qonuniga asosan Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishga 2022 yil uchun O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi, Olimpiya sport turlari va uyushmalariga 135,0 mlrd.so'm mablag'lar ajratildi va shaffoflikni taminlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligining “UzASBO” tizimi orqali moliyalashtirish olib borilmoqda.

2022 yil yanvar oyi yakuni bo'yicha Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan 19 ta sport federaciya va uyushmalardan 17 tasining bergan buyurtmalari asosida ajratilgan mablag'lardan mahalliy hamda xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish uchun 7 897 416 763 so'm miqdorida moliyalashtirildi.

SHu bilan birga, Olimpiya sport turlari bo'yicha federaciya va uyushmalarning ustav xarajatlari, milliy terma jamoa sportchilari uchun anjom va maxsus ekipirovkalar xaridi, ularning tibbiy-biologik taminoti bilan bog'liq xarajatlar G'aznachilikning tegishli tizimi orqali federaciya va uyushmalarga to'g'ridan-to'g'ri moliyalashtiriladi.

T/r

Sport tashkilot
nomlari
Yanvar oyi xarajatlari
1Boks federaciyasi 421 180 000,00
2Sport kurashlari
asssociaciyasi
118 910 000,00
3Velosiped sporti
federaciyasi
744 759 570,00
4Dzyudo federaciyasi309 030 000,00
5Gimnastika federaciyasi969 488 787,00
6Rowing & Canoe federaciyasi928 449 640,00
7Engil atletika federaciyasi544 777 800,00
8Suzish  federaciyasi110 960 000,00
9Taekvondo WTF associaciyasi477 734 400,00
10Og'ir atletika federaciyasi244 478 500,00
11Qilichbozlik federaciyasi1 066 792 504,00
12Zamonaviy beshkurash federaciyasi287 441 176,00
13Federaciya regbi Uzbekistana234 360 000,00
14Kamondan otish federaciyasi178 151 186,00
15"OLYMPIC PROFESSIONAL FUTBOL KLUBI"1 031 933 200,00
16Federaciya gandbol Uzbekistana93 670 000,00
17Ot sporti federaciyasi135 300 000,00
 Umumiy
xammasi :
7 897 416 763

Reyting: -2   

Fikrlar

   
17 fev 10:01:45
Muxammadrasul Muxammadjonov
Eeeeeee buuuu nima keragi bor shuncha rasxotni bari boylarni bollar
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing