27 iyu 15:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Bogdan Guskovning g'alabali seriyasi 4 taga etdi
O'zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov Abu-Dabida o'tkazilgan turnirda rossiyalik Nikita Krilovni nokaut evaziga mag'lub etdi.
Bu g'alaba Guskov uchun UFC'dagi ketma-ket 4-g'alaba bo'ldi.
Hamyurtimiz UFC'dagi ilk jangini qisqa muddatda qabul qilgan va Volkan Ozdemirga yutqazgandi. Bu 2023 yilning sentyabr oyida bo'lgan.
SHundan so'ng Bogdan ketma-ket 4 ta jangda g'alaba qozondi. Bu janglarning barchasida hamyurtimiz muddatidan oldin g'alabaga erishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar