So’nggi yangiliklar

12:37Шахматчиларимиз Бутунжаҳон Ўсмирлар Олимпиадасида Ҳиндистон ва Канадага қарши баҳс олиб боришди 0 12:16Спортимиз катталари "Манчестер Сити" қароргоҳида бўлиб, Абдуқодир Ҳусанов билан учрашишди (ФОТО) 0 11:55Дрикус Дю Плессининг қачон октагонга қайтиши айтилди 0 11:34Муроджон Аҳмадалиевга Ўзбекистоннинг ўзидан рақобатчи чиқмоқда 0 11:13Гандболчиларимиз Осиё чемпионатининг иккинчи ўйинида 30 тўп фарқи билан ғалаба қозонишди 0 10:52Суперлига. Бугун бизни яна иккита учрашув кутиб турибди 0 10:31Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов антирекорд сари юзланмоқда 0 10:10Аёллар курашида тарихий натижа. Нигина Собирова жаҳон чемпионати совриндори 0 09:49UFC Шанхай турнири иштирокчилари вазн ўлчаш маросимидан ўтиб олди (Барча натижалар) 0 09:28"Ювентус" Артурни ижарага беради 0 09:07"Нон ва сарёғ учун етади, ичимликка ҳам". Бетербиев гонорар ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 08:46Афсонавий Каспаров ва Ананд ўртасида суперматч ўтказилади 0 08:25"Хабиб ҳалигача Макгрегорнинг исмини тилга олмайди" - UFC собиқ чемпиони 0 08:04Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 07:43Бетербиев: "Бивол тарафи учинчи жангни ўтказмаслик учун барча ишни қилди" 0

20 iyu 11:41
Yangiliklar

Boks/MMA

Yaxshi xabar! O'zbekiston professional boks federaciyasi rasman WBC tashkiloti azosi

Teglar :  WBCO'zbekiston
Osiyo WBC boks ittifoqi shtab kvartirasidan O'zbekiston professional boks federaciyasiga rasmiy maktub keldi.

Unda O'zbekiston professional boks federaciyasi rasman Osiyo WBC boks ittifoqiga, bu esa o'z navbatida avtomatik tarzda Butunjahon boks uyushmasi (WBC)ga qabul qilinganligi aytilgan.   

"Biz ulkan mamnuniyat ila O'zbekiston professional boks federaciyasining safimizga rasman qabul qilinganini elon qilyapmiz. WBC va O'zbekiston o'rtasida keng qamrovda hamkorlik o'rnatiladi. Istedodli, kelajagi porloq sifatida qaralayotgan professional bokschilarga WBC shafeligida o'tkaziladigan mintaqaviy chempionatlar, boks oqshomlarida ishtirok etish uchun amaliy ko'mak beriladi. SHuningdek, O'zbekiston hududida ham WBC bayrog'i ostidagi boks kechalari o'tkaziladi", deyiladi WBC-ABC prezidenti Kovit Bxakdibxumi tomonidan imzolangan maktubda. 

WBC qoidalariga ko'ra, milliy federaciyalarga WBC tashkilotiga azolik qitaviy uyushma tomonidan taqdim etiladi. Osiyo WBC boks ittifoqiga azo bo'lish esa to'g'ridan-to'g'ri WBC tashkilotining to'laqonli azosi bo'lishni anglatadi. 

WBC – dunyodagi eng nufuzli boks tashkiloti hisoblanadi. Ushbu tashkilotga 1963 yilda asos solingan bo'lib, shtab-kvartirasi Meksikada joylashgan. Ayni paytda meksikalik Maurisio Suleyman WBC prezidenti lavozimida tashkilotni boshqarib kelmoqda. Turli yillarda Muhammad Ali, Jo Freyzer, Mayk Tayson, Lennoks Lyuis, Floyd Meyvezer, Vitaliy Klichko, Meni Pakyao va boshqa ko'plab dunyo boks afsonalari WBC yo'nalishida jahon chempioni bo'lishgan. 

WBC tashkilotiga azo bo'lish O'zbekiston professional boks federaciyasiga keng imkoniyatlar eshigini ochadi. Birinchi navbatda yurtimizda professional boks rivojlanishning yangi bosqichiga ko'tariladi. O'zbekiston professional boks federaciyasi WBC bilan hamkorlikda taniqli ekspertlar ishtirokida hakamlar, katmenlar, shifokorlar, supervayzerlar, murabbiylar va boshqa soha mutaxassislarining mahorat hamda tajribasini oshirish uchun trening va master-klasslar o'tkazadi. 

WBC va boshqa nufuzli tashkilotlar bilan xalqaro munosabatlarni keng qamrovda yo'lga qo'yish aprel oyida ish boshlagan yangi O'zbekiston professional boks federaciyasi rahbariyati oldida turgan ustuvor vazifalardan biridir. Yangi jamoaning qisqa muddatda olib borgan say-harakatlari ilk natijani berdi. Rasman WBC azoligiga qabul qilindik. Endi WBA, WBO va IBF singari qolgan nufuzli boks tashkilotlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yamiz. Bu borada ham amaliy ishlar boshlangan.

Malumot o'rnida aytish joiz, O'zbekiston professional boks federaciyasining birinchi o'rinbosari G'ofur Rahimov mamlakatimiz professional boksi asoschilaridan bo'lib, soha rivojiga ulkan hissa qo'shib kelyapti. Aynan G'ofur Ahmedovichning tashabbusi bilan O'zbekistonda birinchi professional boks kechasi tashkil etilgan. 2001 yilning 21 seniyabr kuni poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida o'tkazilgan professional boks oqshomida havaskorlar o'rtasida Olimpiada va jahon chempioni Muhammadqodir Abdullaev, havaskorlar o'rtasida ikki karra jahon chempioni, professionallarda WBA yo'nalishi chempioni Ruslan CHagaev, WBO yo'nalishida ikki karra Osiyo va Tinch-Okeaniya mintaqasi chempioni Quvonchbek Toygonbaev, rossiyalik Olimpiada va jahon chempioni Aleksandr Lebzyak hamda boshqa taniqli bokschilar ringga ko'tarilishgan edi.

O'zbekiston professional boks federaciyasi matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

   
20 iyu 13:47:42
Qwe5009
Л.н WBC камарини колган WBA, WBO, IBF камарларидан мавкеини баландро демек уйлеман. Боксчиларимизга омад барча йуналишда голиб булишсин. Биз эса улардан фахирланайлик.
   
20 iyu 13:39:13
Qwe5009
Тушинарли, демак илгари WBC ташкилотига аъзо булмаганлигимиз сабабли бизнинг хозирги кундаги професионал боксчиларимиз ретинги шу йуналишда пастрок булган эканда, энг юкори ретингда Исроил Мадраимов 9-погона эди менимча адашмасам.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing