22 avg 08:25
Yangiliklar
Boks/MMA

"Xabib haligacha Makgregorning ismini tilga olmaydi" - UFC sobiq chempioni
UFC sobiq chempioni Daniel Korme do'sti Xabib Nurmagomedov haqida fikr bildirdi.
Unga ko'ra, rossiyalik jangchi hali ham irlandiyalik Konor Makgregorning ismini tilga olmaydi.
Eslatib o'tamiz, Xabib va Konor 2018 yil oktyabrda jang qilishgan. Jang 4-raundda Nurmagomedovning bo'g'ish usulidagi bilan g'alabasi bilan yakunlangan.
"Xabib hali ham Konorning ismini aytmaydi. Uni yomon ko'radi. 2018 yilda jang vaqtida, 3-raunddan keyin Konor unga "Bu faqat biznes" deb pichirladi. Xabib esa unga: "Yo'q, unday emas", deb javob berdi. Keyin orqasiga o'tib bo'g'ishni boshlaganda Xabib unga: "Men sening adabingni berib qo'ydim" degan", - dedi Korme.
Havola :
Manba : Red Corner MMA
Fikrlar