So’nggi yangiliklar

20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0

22 avg 11:55
Yangiliklar

Boks/MMA

Drikus Dyu Plessining qachon oktagonga qaytishi aytildi

O'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini Xamzat CHimaevga topshirgan Drikus Dyu Plessining rejalari ochiqlandi.

Janubiy afikalik aralash yakkakurash ustasining murabbiyi Morne Visserning aytishicha, uning shogirdi tez orada kamarni qaytarib oladi. 

"Bizga 12-16 hafta kerak. Uch-to'rt oyda oktagonga qaytamiz. Bizga chidamlilik ustida ishlash, kuch, funkcionallik, "stoyka"da jang qilishni to'g'rilashning keragi yo'q. Men parterdagi muammolarni to'g'rilasak bo'lgani. Faqat shu muammoni bartaraf etishimiz kerak va u hal qilinadi. Takror aytaman, bizga taxminan 12-16 hafta kerak, keyin darhol lagerga qaytib, 12 haftalik o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazamiz. SHundan kelib chiqib aytishim mumkin, kelasi yilning boshida oktagoga qaytamiz", - dedi mutaxassis Submission radiosiga bergan intervyusida.

Avvalroq, Visser Xamzat CHimaev bilan zudlik bilan revansh talab qilishni rejalashtirmayotganini aytgandi. CHunki ular hozircha kurashda undan sezilarli darajada ortda qolishmoqda.

Dominant uslubda chempionni bir ovozdan (50-44, 50-44, 50-44) mag'lub etgan Xamzat CHimaev 25 oktyabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadigan UFC 321 turnirida ilk chempionlik himoya jangini o'tkazishi mumkinligini istisno qilmadi. O'z o'rnida Liga rahbari Dana Uayt bu imkoniyatni ko'rib chiqishga vada berdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing