So’nggi yangiliklar

18:57Али Абдел-Азиз: "Перейра UFC лойиҳаси, уни сунъий равишда шиширишган" 0 18:36"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди? 0 18:15DCC: "UFC`да бундан каттароқ жангни тасаввур қила олмаяпман" 0 17:54Санжар Зокировга чемпионлик жанги таклиф қилинди 0 17:33Богачук кейинги жангини Канело — Кроуфорд оқшомида ўтказади 0 17:12Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор 0 16:51Теннисчимиз янгиланган WTA рейтингида 104 поғонага кўтарилди, Топ-10`да янгилар 0 16:30Дастин Порье: "Катта шов-шув билан кетмоқчиман, лекин бу чокларсиз бўлмайди" 0 16:09Аълохон Абдуллаев Шоҳжаҳон Эргашев ташкил этаётган бокс турнирининг марказий жангида рингга чиқади + (Тўлиқ кард) 0 15:48ДХХ кубогининг Тошкент вилоят босқичи ғолиби аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:27Боксчи қизларимиз Хитойга йўл олишди 0 15:06Спортчилар ижтимоий тармоқларда қайтди 0 14:45Менежер Анкалаев - Перейра реванши қачон бўлишини айтди 0 14:24“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди 0 14:03Дастин Порье қайси рақибларининг зарбаси энг кучли бўлганини айтди 0

21 noy 11:12
Yangiliklar

Sport kurashlari

Yosh erkin kurashchilarimiz Greciyadagi turnirda 5 ta medal qo'lga kiritishdi

Greciyaning Krit orolida erkin kurash bo'yicha o'smirlar o'rtasida xalqaro turnir bo'lib o'tdi.

Musobaqada Respublika olimpiya zaxiralari kollejining sport kurashlari bo'limida tahsil olayotgan yosh erkin kurashchilarimiz - Amirxon va Hojixon Karimov, Abdulloh Mashrabov, Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari SHohruh Raimov va Ozodbek Ozodbekov ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. 

Etiborlisi, bu turnirda ham Sanjar Mashrabov shogirdlarining bari xuddi bir hafta avval Polshada bo'lgani kabi shohsupaga ko'tarilishdi. Polshada egizak Karimovlar bitta vaznda qatnashib, finalga etib kelishgandi. Odatga ko'ra aka-ukalar finalda bir-birlariga qarshi gilamga chiqishmagan, shunchaki oltin va kumush medallarni bo'lishib olishgan edi. SHohruh Raimov va Ozodbek Ozodbekov kumush, Abdulloh Mashrabov esa bronza medaliga sazovor bo'lgandi. 

Kecha yosh kurashchilarimiz Olimpiadaning tarixiy vatani, aniqrog'i Krit orolida yakuniga etgan xalqaro turnirda ham 5 ta medalga ega chiqishdi. Bu safar ham egizak Karimovlar finalga etib kelishdi va bu gal ham final bellashuvi o'tkazilmadi. Hojixon Karimov oltin, Amirxon esa kumush medalni o'ziniki qilib oldi. SHohruh Raimov va Ozodbek Ozodbekov oltin, Abdulloh Mashrabov kumush medalni qo'lga kiritdi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

   
21 noy 12:07:32
Aziz Ahmedov
Ota ona tarbiyaside????
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing