So’nggi yangiliklar

19:09"Octagon 75" турнирининг барча натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 18:34Блогер-кикбоксчи Дана Уайтдан Оқ уйдаги UFC турнири учун жанг беришни сўради 0 18:13"Башарасини бежаб қўярдим". Иан Гарри Камару Усман ҳақида 0 17:52"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди (ФОТО) 0 17:31Усик жангига икки ҳафта қолганида онасига мурожаат қилди (ФОТО) 0 17:10Уимблдон. 18 ёшли Мирра Андреева 1/8 финалда 0 16:49Тони Фергюсон қачон жанг ўтказишини айтди 0 16:28Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда! 0 16:07Шахматчи қизларимиз 676 250 доллар мукофот пулига эга Жаҳон кубогида иштирок этишади 0 15:46World Boxing учинчи босқичи якунларига кўра Қозоғистон биздан ўзиб кета оладими? (Жадвал) 0 15:25Спорт вазири ўринбосари бугунги финал олдидан Навбаҳор Ҳамидова билан учрашди 0 15:04"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади 0 14:43Анвар Анваров Франциядаги турнирда шоҳсупага кўтарилди 0 14:22Уимблдон. Ига Свёнтекнинг юриши давом этмоқда 0 14:01Эдди Хирн: "Эннис — Ортис жанги устида ишлаяпмиз" 0

28 iyu 21:45
Yangiliklar

O'q otish

Yosh merganlar “Yoshlar kuni”ga bag'ishlangan musobaqada jam bo'lishdi + FOTO

Mamlakatimizda “Yoshlar oyligi” keng ko'lamda, bayramona tarzda nishonlanmoqda.

SHu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati kengashi tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan turfa tadbirlar o'tkazilyapti.

Urganch shahrida faoliyat yuritayotgan viloyat texnik va amaliy sport turlari markazida Pnevmatik quroldan o'q otish sporti bo'yicha Xorazm viloyati hokimi sovrini uchun uyushtirilgan musobaqa ana shular sirasidan, albatta.

Mazkur birinchilikda vohaning 2003 yilda tug'ilgan va undan kichik yoshdagi 80 nafarga yaqin sportchisi merganlik mahoratini namoyish etdi.

Pnevmatik miltiqdan o'q otish bahsida Urganch tumani jamoasi azolari Kumushoy Rajabova qizlar birinchiligida, Temurbek Abdullaev o'g'il bolalar orasida g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Pnevmatik to'pponchadan o'q otish bellashuvida esa Bog'ot tumanidan Laylo Sultonova va SHovot tumanidan Bekzod Komilov mos ravishda birinchi o'rinni egalladi.

Umumjamoa hisobida Urganch tumani o'quv sport texnika klubi sportchilari birinchi bo'lishdi.

Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch shahridan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing