06 iyu 09:07
Yangiliklar

Junior European Cup 2025. O'zbekiston 4 ta medal evaziga 32 davlat orasida 1-o'rinda bormoqda
Dunyoning 4 qitasi 32 davlatidan jami 428 nafar dzyudochi qatnashayotgan Evropa Kubogining birinchi kungi bahslari O'zbekiston yoshlar terma jamoasi uchun omadli keldi. Kamol Murodov bosh murabbiyligidagi dzyudochilarimiz bugun 2 ta oltin, 2 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
-66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Dishodbek Hamroev Prague Junior European Cup 2025 chempioniga aylandi. U oltin medal uchun kechgan final bellashuvida ukrainalik Nazar Viskovni mag'lubiyatga uchratdi.
Terma jamoamizga ikkinchi oltin medalni Umida Nig'matova taqdim etdi. Og'ir vazndagi vakilamiz hal qiluvchi final bahsida yaponiyalik Hikaru Yamaguchidan ustun keldi. Umida finalgacha ozarbayjonlik Nigar Suleymanova va qozog'istonlik Ruslana Maxatovani mag'lub eta olgandi.
SHuningdek, birinchi kungi bahslarda 2 ta bronza medalini ham qo'lga kiritdik. Sarvinoz Husanova bronza medali uchun kechgan o'ziga xos o'zbek derbisida Nigina Saparboevani, Samariddin Qo'chqorov esa Asadbek Misirovni taslim etdi.
Oltin medallar
-66 kg: Dishodbek Hamroev
+78 kg: Umida Nig'matova
Bronza medallar
-60 kg: Samariddin Qo'chqorov
-63 kg: Sarvinoz Husanova
Fikrlar